Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ispaniya Kubogi yarim finali qur’asi «Atletiko» - «Barselona» jangini tuhfa etdi!

Ispaniya Kubogi yarim finali qur’asi «Atletiko» - «Barselona» jangini tuhfa etdi!

Baho:
+ | -

“Alaves”, “Atletiko”, “Selta” va “Barselona” ko‘hna musobaqaning bu yilgi turnirida yarim finalga qadar yetib keldi. “Atletiko” va “Barselona”ning bu bosqichda borligi ajablanarli holmas. Ammo “Alaves” va “Selta” turnirda sensasiya qilishga ulgurdi.

“Alaves”

Bask klublari Qirol Kubogida har doim o‘z irodalarini ko‘rsatishni uddalay olishadi. Musobaqa tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoalar orasida basklarning bosh jamoasi – “Atletik”ning ro‘yxatda ikkinchiligi bunga dalil. “Atletik” bu yilgi bahslarda nimchorakda to‘xtatildi. Uni Kubokni eng ko‘p qo‘lgan kiritgan jamoa – “Barselona” to‘xtatdi. Basklarning ikkinchi grand jamoasi – “Real Sosyedad” esa chorak finalda kurashdan chiqib ketdi. Yana – o‘sha kataloniyaliklar basklar yo‘liga g‘ov bo‘ldi. Boshqa bir bask jamoasi – “Eybar” ham chorak finalgacha yetib kela oldi. Buni qarangki, La Liganing bu yilgi debyutanti - “Alaves” bask jamoalari orasida yarim final yo‘llanmasini uddalay oldi. Albatta, qur’adagi omad ham bu borada ularga qo‘l keldi. Nimchorakda “Deportivo” bilan ikki durang (2:2, 1:1) qayd etib, safardagi gol qoidasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqdi, chorak finalda esa “Alkorkon”ni yengib (2:0, 0:0) yarim finalchiga aylandi.

“Selta”

Eduardo Berisso jamoasining bu bosqichgacha bo‘lgan yo‘li oson kechmadi. “Selta” o‘tgan mavsumda ham Kubok bahslarida shov-shuvli natija ko‘rsatib, yarim finalga qadar yetib kelishgandi. O‘shanda ham Madrid jamoasi ularning “qurboni” bo‘lgandi. “Atletiko”ni chorak finalda qoldirib ketishgandi vigoliklar.

Bu safar esa “Qirollik klubi” Berisso jamoasining yuqori pressingiga dosh bera olmadi. Zayniddin Zidan jamoani jarohatlar botqog‘idan taktik sxemalarni o‘zgartirish orqali olib chiqishga urindi. Ammo natija u o‘ylaganidek bo‘lmadi. Ketma-ket 40 uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan “Real” yanvarga kelib ikki durang, ikki mag‘lubiyat qayd etishga ulgurdi. Jamoadagi jismoniy zo‘riqish qiyin va tig‘iz taqvimga dosh bera olmadi. Endi ular bir musobaqadan chetga chiqib, biroz tin olish imkoniga ega bo‘ladi.

“Selta” esa ikki frontdagi kurashni davom ettiradi. Ular “Real”ga qadar nimchorakda “Valensiya”ni “qon qaqshatishgandi” (4:1, 2:1).

“Atletiko M”

Mavsumni bir tekis o‘tkaza olmayotgan Simeone shogirdlari uchun Kubokdagi g‘alabalar juda ahamiyatli. Jamoa yana o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytarishi kerak. Ammo musobaqada kurashni davom ettirgani sari taqvimdagi tig‘izlik klubni jismoniy sinovlarga chorlaydi. Hozircha argentinalik mutaxassis va uning shogirdlari baxtiga taqvimdagi omad ham ularga qo‘l kelyapti. Nimchorakda “Las Palmas”, chorakda “Eybar” madridliklarga jiddiy muammo tug‘dira olmadi.

“Barselona”

Kataloniyaliklarga nimchorak va chorak final qur’asi ancha murakkab keldi. Har ikki bosqichda ham noqulay raqiblar ro‘baru keldi. Avvaliga “Atletik” qiyinchilik bilan (1:2, 3:1) mavh etildi. Qiyin kechishi kutilgan “Real Sosyedad” bilan bahsda esa Enrike shogirdlari ishonchli o‘yin ko‘rsata olishdi (1:0, 5:2). Bir oy avval La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda kataloniyaliklar “Anoeta”da zo‘rg‘a durrang natijani ushlab qola olgandi. O‘shanda Enrike hali hech bir jamoaga qarshi bu qadar qiyinchilikka uchramaganini aytib o‘tgandi. Kubokdagi to‘qnashuvda esa Lucho o‘sha xatolardan xulosa chiqardi va yuqori pressing qo‘llaydigan basklarga qarshi maydon markazida faollikni oshirdi. Bu faollik “Real Sosyedad”ning bosimini yo‘qqa chiqardi va ularning xatolarini oshirdi. Raqib xatosidan esa “Barselona” qanday foydalanishni juda yaxshi biladi.

E’tiborlisi, bu mavsumda La Ligadagi bahslar doirasida “Barselona” kubok yarim finaliga yetib kelgan yuqoridagi uch jamoadan ham ochko yo‘qotgan. “Atletiko” bilan durang qayd etgan, “Alaves” va “Selta”gaku 3 ochkodan taqdim qilgan. Mana, Enrike shogirdlariga qo‘shimcha motivasiya ham tayyor.

Qur’a

Ispaniya kubogi tashkilotlari bu mavsumda qur’a borasida o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Agar avvallari musobaqaning nimchoragidan turnir setkasi shakllantirilgan bo‘lsa, bu yil har bir bosqich oldidan alohida qur’a tashlanmoqda. Hozirgina yarim final uchun qur’a tashlandi. Uning natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Atletiko – Barselona

O‘zaro bahs natijalariga klublarning fevraldagi taqvimi ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Yanvardagi og‘ir o‘yinlardan keyin o‘zida kuch saqlay olgan jamoada ustunlik bo‘ladi, albatta.

“Atletiko”ning taqvimi:

28.01. La Liga. Alaves - Atletiko

01.02. Kubok. Atletiko – Barselona

05.02. La Liga. Atletiko – Leganes

08.02. Kubok. Barselona - Atletiko

12.02 La Liga. Atletiko – Selta

“Barselona”ning taqvimi:

29.01. La Liga. Betis - Barselona

01.02. Kubok. Atletiko – Barselona

04.02. La Liga. Barselona – Atletik

08.02. Kubok. Barselona - Atletiko

12.02 La Liga. Alaves – Barselona

Kim favorit: 50/50.

Dahshatli qarama-qarshilik. Fevralning dastlabki kunlari futbol muxlislariga shunday to‘qnashuvni taqdim etdi. Luis Enrike kechagi bahsdan so‘ng finalda "Selta" bilan o‘ynash orzusida ekanini aytgan edi. Mana, uning orzusiga mos qur’a bo‘ldi. Faqat buning uchun yarim final duelida Diyego Simeoneni yengishi kerak bo‘ladi.

Selta – Alaves

“Selta”ning taqvimi:

28.01. La Liga. Leganes - Selta

01.02. Kubok. Selta - Alaves

05.02. La Liga. Selta – Real

08.02. Kubok. Alaves - Selta

12.02 La Liga. Selta – Atletiko

“Alaves”ning taqvimi:

28.01. La Liga. Alaves - Atletiko

01.02. Kubok. Selta - Alaves

04.02. La Liga. Sporting Xixon – Alaves

08.02. Kubok. Alaves - Selta

12.02 La Liga. Alaves – Barselona

“Alaves” klubini bu qarama-qarshilikda yaqqol autsayder sifatida baholab bo‘lmaydi. Basklar so‘nggi 13 o‘yinining faqat bittasida mag‘lubiyatga uchragan. Ammo o‘sha birgina mag‘lubiyat aynan "Selta"dan qabul qilib olingan. Tajribali mutaxassis – Maurisio Pellegrino shogirdlari natija uchun o‘ynay oladigan jamoa sanaladi. Bu juftlikda ham kurash qizg‘in kechishi tayin.

Kim favorit: Selta 60/40.

Ispaniya kubogi yarim finalining dastlabki o‘yinlari 1 fevral kunlari, javob bahslari esa 8 fevral sanalarida bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:31, 27.01.2017.
O'qildi: 13829 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.