"Bavariya" yarimhimoyachisi Joshua Kimmix o‘ziga ishonch bildirgani uchun jamoaning sobiq ustozi Xosep Gvardioladan minnatdor ekanini bildirdi.
"Hozir menga Gvardiola yetishmayapti deyish kerak emas. Futbol shunday. Men Gvardiolani futboldagi otam deb hisoblamaganman, u buni to‘lqinlanib aytib yuborgan. Ammo, albatta, Pep menga ishongan. O‘tgan mavsumda u menga kuchli bo‘lishimga yordam bergan. Anchelotti ham menga ishonmoqda. Qishki tanaffusgacha ko‘p o‘yin o‘tkazdim, endi marrani kattaroq qo‘ymoqchiman", - deydi Kimmix.