"Al-Ittihod" Krishtianu Ronalduning raqib jamoa futbolchisiga berilgan taktik ko‘rsatmalarni ko‘rishga uringan epizodiga hazilomuz munosabat bildirdi.
Jidda klubi va "Al-Nasr" o‘rtasidagi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuv oxirida Danilu Pereyra murabbiylar shtabidan ko‘rsatmalar yozilgan qog‘ozni oldi.
Himoyachi yozuvni o‘qiyotgan paytda Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi sobiq jamoadoshining ortidan kelib, qog‘ozga ko‘z tashladi. Pereyra buni payqadi va ikki futbolchi ham kulib yubordi.
"Al-Ittihod" ushbu epizodga "X" ijtimoiy tarmog‘ida munosabat bildirib, "Firibgarlik qiladi va baribir yutqazadi!" deb yozdi.
"Al-Ittihod"ga qarshi o‘yinda Ronalduning qiziq harakati kameralarga tushdi (+Video)













