Angliya Premyer-ligasi klubi futbolchisi juma kuni ertalab yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avariya «Xall Siti»ning mashg‘ulot bazasi yaqinida sodir bo‘lgan. Sorba Tomas, katta ehtimol bilan, o‘sha paytda klub bazasiga yo‘l olgan. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
«Yo‘lbarslar» muxlislari voqea joyidan tarqalgan tasvirlarni ko‘rib jiddiy xavotirga tushdi. Chunki Land Rover Defender avtomobili ag‘darilib, tom qismi bilan yerga tushgan edi.
Biroq «Xall Siti» klubi muxlislarni xotirjam qildi — Tomas avtomobildan hech qanday jarohatsiz chiqib olgan.
Yo‘l-transport hodisasining boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Sorba Tomas kuz boshida «Stok Siti»dan «Xall Siti»ga ko‘chib o‘tgan. Shundan beri hujumchi yangi jamoasi safida ikki o‘yinda maydonga tushgan.














