Suriyaning Halab shahrida «Al-Ittihod» va «Al-Hurriyat» jamoalari o‘rtasida futbol o‘yini o‘tkazildi.
«Halab derbi»si «Al-Ittihod»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bu oxirgi 5 yil ichida o‘tkazilgan birinchi o‘yin bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
So‘nggi bor Halabda futbol o‘yini 2012 yilda, fuqarolar urushining boshlanmasidan oldin o‘tkazilgandi.