Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 2-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 2-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Qatar klubiga o‘tib, katta tavakkal qildim»

Temurxo‘ja Abduxoliqov: «Qatar klubiga o‘tib, katta tavakkal qildim»

Baho:
+ | -

Qatar chempionatida o‘ynaydigan futbolchilarimiz soni to‘rt nafarga yetdi. Sardor Rashidov va Sanjar Tursunovdan so‘ng «Lokomotiv»ning ikki yetakchisi ham ushbu mamlakat jamoasi bilan shartnoma imzolashdi. Avvaliga O‘zbekiston chempionatining 2016 yilgi to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov, keyin esa o‘tgan mavsum kashfiyotlaridan biri Sanjar Shoahmedov «Al-Sayliya» klubi bilan kelishuvga erishdilar. Ushbu jamoa 20 yanvar kuni Qatar yulduzlar ligasi doirasida o‘z uyida «Umm-Salal»ni qabul qiladi. Shu munosabat bilan milliy jamoamizdan chaqiruv olgan Temurxo‘ja terma o‘yinlarida qatnashmaydigan bo‘ldi. Biz navbatdagi mashg‘ulotlardan so‘ng Abduxoliqovdan intervyu oldik.

- Temurxo‘ja, ushbu transfer qay tarzda amalga oshdi?

- Bu ikki jamoaning o‘zaro kelishuvi edi. Qatar klubidan taklif tushayotganini aytishdi. O‘ylab ko‘rdim, yaqinlarim bilan maslahatlashdim va transferga rozilik berdim.

- Qatar varianti qanday yuzaga keldi? Agent orqali gaplashildimi yoki klublar o‘zaro hal qilishdimi?

- Agentlar yo‘q edi. Klublar o‘zaro kelishib olishdi.

- Yaqinda «Lokomotiv» bilan amaldagi shartnomangizni uzaytirgandingiz.Qatar varianti kutilmaganda paydo bo‘ldimi?

- Ha, bu transfer kutilmaganda amalga oshdi. Klubimiz rahbarlari «Qatar jamoasi seni o‘z safida ko‘rish istagini bildirdi, o‘ylab ko‘r», deyishdi. Ko‘rib chiqdim va aytishim mumkin, katta tavakkalga qo‘l urdim.

- «Lokomotiv» osonlikcha qo‘yib yubordimi yoki shartnomangizda shunday band bormidi?

- Klub mening xohishimga qaradi. «Sening har qanday qaroringni hurmat qilamiz», deyishdi. Buning uchun ulardan minnatdorman.

- «Al-Sayliya»ga o‘tishingizda asosiy omil nima bo‘ldi?

- Boshqa chempionatda o‘z kuchimni sinab ko‘rish istagi bor edi. O‘zbekistonda yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgandim. Ketish fursati kelganini tushunib yetdim.

- «Lokomotiv» OCHLda, boz ustiga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida ishtirok etadi. Shu narsa ham sizni ushlab qololmadimi?

- Aynan shu omil tezda qaror chiqarishimga to‘sqinlik qildi. Lekin deyarli har yili OCHLda o‘ynayapman. Nimanidir o‘zgartirish kerak edi. Yuqorida aytganimdek, tavakkal qildim.

- «Al-Sayliya» sizni o‘z tarkibida ko‘rish istagini bildirgan yagona klubmidi?

- Bu savolga biroz boshqacha javob beraman. «Al-Sayliya» meni o‘z safida ko‘rishni eng ko‘p xohlagan jamoa bo‘ldi.

- Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov Qatarda to‘p surishyapti. Ular bilan maslahatlashmadingizmi?

- Sardor bilan gaplashdim. U o‘z tavsiyalarini berdi.

- Yangi jamoangiz mashg‘ulotlarida ishtirok etdingiz. Ilk taassurotlar qanday? Shug‘ullanish jarayonida farq bormi?

- Taassurotlar yaxshi. Iliq kutib olishdi. Bu yerda hamma bir-biri bilan juda ahil ekan. Mashg‘ulotlardagi farq esa unchalik ham katta emas.

- Murabbiy bilan gaplashib oldingizmi?

- Ha, gaplashdim. U menga ishonch bildirayotgani va umidi katta ekanligini aytdi. Jamoadagi vazifamni tushuntirib berdi. Tunislik murabbiy Sami Trabelsi tajribali mutaxassis.

- Qaysi raqamni tanladingiz?

- 14.

- Hozir mehmonxonada yashayapsizmi?

- Hozircha shunday. Lekin alohida uy va mashina ham berishgan. Tez orada o‘sha xonadonga ko‘chib o‘taman.

- Til masalasida qiynalmayapsizmi?

- Yo‘q. Ingliz tilini oz-moz bilaman. Xorvatiya klubida o‘ynab yurgan kezlarim tajriba orttirganman.

- «Lokomotiv» joylashgan OCHLdagi guruh haqida qanday fikrdasiz? Sobiq jamoangiz keyingi  bosqichga chiqa oladimi?

- Shuni aytishim mumkinki, «Lokomotiv» bu yil o‘zi qatnashadigan barcha musobaqalarda favorit bo‘ladi. Guruhdan chiqish imkoniyati yuqori. O‘tgan yili chorak finalda to‘xtagandik. Lekin o‘ylashimcha, kamida yarim finalda o‘ynashimiz kerak edi. Aminmanki, bu yil natijalar yana ham yaxshiroq bo‘ladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 21:24, 30.01.2017.
O'qildi: 9770 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.