Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Eng ko‘p penalti ishlab olgan jamoalar ro‘yxatini kim boshqarmoqda? «Real» yoki «Barselona»?

Eng ko‘p penalti ishlab olgan jamoalar ro‘yxatini kim boshqarmoqda? «Real» yoki «Barselona»?

Baho:
+ | -

Opta bilan Goal nashri 2012 yil 1 avgustidan buyon eng ko‘p penalti ishlagan jamoalar ro‘yxatini tuzib chiqdi. E’tiboringizga ushbu jamoalarning Top-10 ligini havola qilamiz.

10-o‘rin, “Sevilya”, 37 penalti ishlagan
Ro‘yxatni andalusiyaliklar ochib beradi. So‘nggi yillarda Yevropa va Ispaniya yashil maydonlarida yuqori natijalar uchun harakat qilayotgan jamoa 37 penalti ishlab olgan.

9-o‘rin, “Torino”, 38 penalti ishlagan
Ro‘yxatda “Torino”dek kamtar jamoalarni ham ko‘rishingiz mumkin. Jo Hartning hozirgi jamoasi so‘nggi besh yil davomida 38 penalti ishlab olgan.

8-o‘rin, “Lion”, 39 penalti ishlagan
Lionliklar bundan o‘n-o‘n besh yil oldingidek qudratga ega bo‘lmasa-da, Fransiya milliy chempionatida hali ham o‘z mavqe’siga ega. Lionliklarga nisbatan o‘yin qoidalari buzilishi 39 ta penaltiga olib kelgan.

7-o‘rin, “Napoli”, 39 penalti ishlagan
Neapolliklar so‘nggi besh-olti yilda ancha barqaror jamoaga aylanib ulgurishdi. Tarkibida Yevropaning nomdor futbolchilarni yig‘ib olgan jamoa 2012 yil 1 avgustdan buyon 39 penalti ishlab olgan.

6-o‘rin, “Lasio”, 39 penalti ishlagan
Yana bir italyan jamoasi “Lasio” ham penalti ishlab olish bo‘yicha kuchli o‘nlikka kira olgan. O‘z tarkibida Lukas Bigliya, Marko Parolo, Lulich, Chiro Immobile kabi mohir futbolchilarni jamlagan “Lasio” 39 penalti ishlab olgan.

5-o‘rin, “Milan”, 40 penalti ishlagan
Shonli tarixga ega milanliklar so‘nggi besh yilda Italiya chempionatida 40 bora penalti ishlagan. Chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashda raqobat qila olmayotgan “Milan” jamoasi har doim yuksak mahoratli futbolchilarni o‘zida jamlab kelgan.

4-o‘rin, “Real” Madrid, 42 penalti ishlagan
Madridliklar o‘zlari qatnashayotgan har qanday musobaqada yetakchi jamoalardan biri hisoblanadi. Yetakchilik uchun esa albatta, mohir, iqtidorli futbolchilar kerak. “Real” Madridda esa bunday futbolchilar talaygina. Raqiblari jarima maydonchasida o‘yin qoidalarini buzgan holda madridliklar hujumini to‘xtatishga harakat qilishgan. Natijada “Real” 42 marotaba penalti ishlab olgan.

3-o‘rin, “PSJ”, 44 penalti ishlagan
Parijliklar yangi ho‘jayinlarining jamoaga ajratayotgan ulkan mablag‘lari hisobiga jamoani super-yulduzlar bilan to‘ldira boshladi. Chempionatdan tashqari Yevropa doirasidagi musobaqalarda ham ancha faollik ko‘rsatmoqda. Qariyb besh yil mobaynida klub 44 bora penalty ishlab olgan.

2-o‘rin, “Fiorentina”, 45 penalti ishlagan
Penalti ishlab olishda italyan jamoalar orasida peshqadam jamoa bu – “Fiorentina”. Jamoa A seriyada yuqori o‘rinlar uchun munosib kurashmoqda. Klubda Bernardeski, Telyo, Kalinich, Babakar kabi iqtidorli futbolchilarni ko‘rishimiz mumkin. 2012 yil 1 avgustidan beri jamoa 45 bora penalti ishlab olgan.

1-o‘rin, “Barselona”, 46 penalti ishlagan
Ro‘yxatni kataloniyaliklar boshqarib bormoqda. Shu paytgacha “Barselona” 46 marotaba penalti ishlab olgan. “Barselona” hujumchilariga nisbatan raqib himoyachilari so‘nggi chorani qo‘llagan holda jamoalarini qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda.

 

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:51, 02.02.2017.
O'qildi: 19030 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.