Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Uzbek Tigers WSB’ning yangi mavsumni China Dragons’dan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshladi

Uzbek Tigers WSB’ning yangi mavsumni China Dragons’dan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning 2017 yilgi mavsumida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi ilk bellashuvini Xitoyda mezbon jamoa China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi. Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari qahramonlarisiz ishtirok etgan Uzbek Tigers xitoylik raqiblariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

-49 kilogramm vazn toifasida Mironshoh Ibragimov mezbonlar bokschisi Sin Xuangni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoaga ilk ochkoni olib keldi.

-56 kilogramm vaznda ringga ko‘tarilgan Abdulhay Shorahmatov besh raund natijasiga ko‘ra Long Vangni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shundan so‘ng navbat-64 kilogrammdagi bokschilarga yetib keldi. Unda Uzbek Tigers vakili Elnur Abduraimov xitoylik Chianxun Xuga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak edi, ammo o‘zbekistonlik bokschi noma’lum sabablarga ko‘ra ringga ko‘tarilmadi.

-75 kilogramm vazn toifasida Ulug‘bek Haqberdiyev kutilmaganda Minggan Zaoga imkoniyatni boy berdi. Dastlabki uch raundda ochkolar bo‘yicha hisobda oldinga borayotgan O‘zbekiston vakili 4-raundda kuchli zarba qabul qilib oldi va referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Natijada China Dragons hisobni tenglashtirdi – 2:2.

91 kilogrammgacha vaznda Boburbek Yo‘ldoshev Jin Guoga qarshi bellashdi va ochkolar hisobi bo‘yicha (1:2) imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, Uzbek Tigers WSB’ning 2017 yilgi mavsumini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Butunjahon boks seriyasidagi debyutini 2016 yilda boshlab, ilk urinishidayoq yarim finalga yetib borgan va bo‘lajak chempion Cuba Domadores’ga imkoniyatni boy bergandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:07, 04.02.2017.
O'qildi: 14697 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик