Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sabri Lyamushi: “Al-Jayish” kurashga tayyor"

Sabri Lyamushi: “Al-Jayish” kurashga tayyor"

Baho:
+ | -

“Al-Jayish” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida qatarliklar ishtirok etishdi.

Unda bosh murabbiy Sabri Lyamushi va jamoa yetakchisi Seydu Keyta OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

- “Bunyodkor” jamoasi haqida iliq fikrlar bildirishim mumkin. Bu jamoa Osiyoning yetakchi klublaridan biri. Ular haqida ma’lumotga egaman. Asosan yosh futbolchilardan tashkil topgan. Yaqinda jamoa tarkibi yana ham yoshartirilgani haqida aytishdi. Shunga qaramasdan ular nazorat uchrashuvida Osiyo Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – “Chonbuk Motors”ni mag‘lubiyatga uchrata olishdi. Ushbu o‘yinni yordamchilarim kuzatishdi va kerakli ma’lumotlarni to‘plashdi. Ertaga juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Al-Jayish” kurashga tayyor. Chempionatdagi ishlarimiz yurishmayotan bo‘lsa-da, Osiyo Chempionlar ligasiga bu jihat aslo ta’sir o‘tkazmaydi. Biz uyda o‘ynaymiz. G‘olib esa bitta o‘yin natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Shunday ekan, “Al-Jaish”da kichik ustunlik bor va bundan foydalanishga harakat qilamiz, - deydi Sabri Lyumushi.

- Hozirgi holatda bizni “Bunyodkor”ning qanday o‘yin ko‘rsatishi emas, aksincha o‘zimizning qanday to‘p tepishimiz qiziqtirmoqda. Chunki oxirgi uchrashuvlarda o‘zimiz istagandek harakat qila olmayapmiz. Balki Chempionlar ligasi starti boshqacha bo‘lar. Shunga umid qilgan holda ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Sardor Rashidov “Al-Jayish” yetakchilaridan biri. Uni o‘zining sobiq jamoasiga qarshi qanday to‘p tepishi men uchun ham qiziq. Rashidov – professional futbolchi va u maydonda nima qilish kerakligini yaxshi biladi, - deydi Seydu Keyta.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 15:07, 06.02.2017.
O'qildi: 9586 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.