Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

OCHL. Bugun «Nasaf» va «Bunyodkor» guruh bosqichiga chiqish uchun o‘ynaydi

OCHL. Bugun «Nasaf» va «Bunyodkor» guruh bosqichiga chiqish uchun o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasida bugun saralashning so‘nggi bosqich o‘yinlari o‘tkaziladi. O‘zbekistonning ikkita klubi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqadilar. Har ikkala jamoamiz o‘z o‘yinlarini safarda o‘tkazadi.

"Al-Fath" (Saudiya Arabistoni) - "Nasaf" (O‘zbekiston)
"Nasaf" bir hafta oldin Bahraynning "Al-Hidd" klubini yirik hisobda mag‘lub etib, pley-off bosqichiga chiqqandi. Bu safar Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarini jiddiyroq raqib kutib turibdi. Aslida qarshiliklarning bugungi raqibi hisoblangan "Al-Fath" jamoasi omad tufayli OCHLda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida 3-o‘rinni egallagan "Al-Ittihod" klubi lisenziyalashtirish bilan bog‘liq muammoga duch kelgani bois, OCHLga qo‘yilmadi. Natijada 4-o‘rinni olgan "Al-Ta’vun" guruh bosqichiga o‘tkazilgan bo‘lsa, 5-o‘rinni olgan "Al-Fath" saralash bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Biroq Al-Hasa sharafini himoya qiladigan jamoaning Saudiya Arabistoni chempionatining ushbu mavsumidagi ishlari yurishmayapti. Klub 17ta turdan keyin 14 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi (14ta jamoa orasida). Ko‘p narsa "Al-Fath" o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yishiga bog‘liq. Jamoa yo milliy chempionatning yuqori divizionida jon saqlab qolish uchun kurashadi yoki OCHL guruh bosqichiga chiqish va uzoqroqqa borishni niyat qiladi. Jamoa bosh murabbiyi Fathi al-Jabal kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida asosiy maqsad ikkinchi variant ekanini ta’kidlab o‘tdi. Har holda hozirgi holatda jamoaga har ikkala musobaqada birdek ishtirok etish og‘irlik qiladi.

"Nasaf" esa guruh bosqichi uchun bugun jiddiy jang qilishiga shubha qilmaymiz. Futbolchilar belgilangan reja asosida tartibli harakat qilsalar, o‘z maqsadlariga albatta erishadilar.

"Al-Fath" - "Nasaf" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. Uchrashuv "Sport" kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi.

"Al-Jaish" (Qatar) - "Bunyodkor" (O‘zbekiston)
Sergey Lushchan jamoasi bugun mavsumdagi ilk rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. "Qaldirg‘ochlar"ga Qatarning "Al-Jaish" klubi raqiblik qiladi. Bu klub o‘zbekistonliklar uchun ancha tanish raqibga aylanib qoldi. Bu jamoa safida Sardor Rashidov harakat qilayotganidan xabaringiz bor. OCHLning o‘tgan yilgi mavsumida duhaylliklar "Nasaf" bilan bir guruhda ishtirok etishgandi.

"Al-Jaish" Qatar chempionatining ushbu mavsumini juda yaxshi boshlab, jadvalda peshqadamlik qilayotgandi. Biroq ular asta-sekin o‘z o‘yinlarini susaytirib borishdi. Jamoa so‘nggi 4ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi — 3ta durang, bitta mag‘lubiyat. Natijada "Al-Jaish" hozirda 4-o‘ringa tushib qoldi. Klub 36 ochko to‘plagan holda, peshqadam "Laxviya"dan 13 ochko ortda qolmoqda.

"Al-Jaish" o‘z uyida bo‘ladigan o‘yinda jon-jahdi bilan g‘alaba qozonishga harakat qilishiga shubha yo‘q. "Bunyodkor"ning o‘yini esa mavsumga qay tariqa tayyorgarlik ko‘ra olganiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

"Al-Jaish" - "Bunyodkor" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi. "Sport" kanali mazkur o‘yinni yozib olgan holda kechroq efirga uzatadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:38, 07.02.2017.
O'qildi: 9165 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик