Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Toshkentda “Humo” ko‘p tarmoqli muz saroyi qurilishi boshlandi (foto)

Toshkentda “Humo” ko‘p tarmoqli muz saroyi qurilishi boshlandi (foto)

Baho:
+ | -

Respublikamizda bolalar va yoshlar sportini, jumladan, sportning qishki turlarini rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishuvidagi 9 gektar hududda ko‘p tarmoqli “Humo” muz saroyi qurilishi boshlandi. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu noyob loyiha O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ijtimoiy tashabbusi hisoblanadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakat strategiyasida qayd etilganidek, yoshlar siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlaridan biri “yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish”ga qaratilgan. Ekspertlarning fikricha, poytaxtimizda barpo etilayotgan ushbu majmua mamlakatda sportni yanada rivojlantirish ishida qudratli lokomotiv bo‘lishi kutilmoqda.

12 ming kishilik tribunaga ega ko‘p funksional saroy hududida muz arenasi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydon, o‘quv-ko‘ngilochar bolalar xiyoboni, oilaviy ko‘ngilochar markazlar, amfiteatr, favvorali xushmanzara bog‘lar, restoran va rekrasion zonalar, bog‘ va sayilgoh, zamonaviy parking va boshqa ko‘plab inshootlar joylashadi. Ularda jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham barcha sharoitlar yaratiladi.

Mazkur majmua dunyodagi yetakchi arxitektorlik byurolaridan biri bo‘lgan va 2018 yilda Koreya Respublikasining Pyonchang shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qishki Olimpiya o‘yinlari uchun xam barcha olimpiya ob’ektlarni loyihalashtirgan byuroning eksklyuziv loyihasi bo‘yicha, arxitektura va dizayn sohasidagi eng zamonaviy tendensiyalardan foydalangan xolda, halqaro sport federasiyalarining oliy darajadagi musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha standart va talablarga muvofiq quriladi. Muz saroyi dizaynida zamonaviy qurilish yechimlari va ilg‘or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg‘unlashib ketadi, jumladan inshootning me’moriy g‘oyasidan muhabbat, baxt va xurlik ramzi bo‘lgan Humo qushi o‘rin olgan.

Majmuada o‘lchamlari 60x30 metr bo‘lgan ikkita - asosiy va mashq muz aryenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metrni tashkil etadi. Muz saroyi 12,5 ming o‘tirish joylariga ega bo‘lib, konsert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Asosiy binoda 300 o‘rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan. Majmua hududida shuningdek, sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingox, trenajer zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumovqatlanish shahobchalari, sport anjomlar do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’ektlari joylashtiriladi.

Inshoot atrofi zamonaviy landshaft arxitekturasi usullaridan foydalangan xolda obodonlashtiriladi va aholiga qulay bo‘lgan madaniy xordiq chiqarish uchun maydonchalar va bog‘lar barpo etiladi. Velosipedlar va roliklarda uchish uchun alohida yo‘qlakchalar qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari bino yonida 2000 ta avtomobillar uchun mo‘ljallangan 4 qavatdan iborat avtoturargoh qurilish ishlari rejalashtirilgan. Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish imkoniyati bor.

Bundan tashqari majmuada umumxalq bayramlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Inshootda dunyo formatidagi eng yangi multimedia tizimi, sport tadbirlari o‘tkazish maqsadida sharhlovchilar uchun zamonaviy mahsus xonalar, ommaviy axborot vositalarining tezkor ishlashi uchun matbuot markazlari tashkil etish ham rejalashtirilgan. Loyiha ommaviy sport va madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan va doimiy ravishda ko‘p sonli muxlislar bo‘ladigan inshootlarga qo‘yiladigan barcha xavfsizlik talablariga to‘la javob beradi.

Shuni ta’kidlash joizki, bunday majmua qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvidagi ma’ruzasida tilga olingan edi. Davlatimiz rahbari tomonidan shaharda yangi yopiq suv havzalari va sport zallari bunyod etilishi, sport o‘yinlariga ixtisoslashgan zamonaviy universal sport majmuasi qurilishi qayd etilgan edi. Loyiha oilaviy hordiq chiqarishni ta’minlashga innovasion yondoshuvni taqdim etadi va unda oilaning barcha a’zolari foydali dam olishi hisobga olingan.

Majmuaning sport maydonchalarida yirik tadbirlar o‘tkazilishidan tashqari, bolalar va yoshlar xokkey jamoalari va yosh figurachilar mashg‘ulot o‘tkazadilar. Shuningdek, jahon va Yevropa darajasidagi turli chempionatlar sovrindorlari bo‘lgan professional-murabbiylar jamoasi rahbarligidagi seksiyalar faoliyat olib boradi. Farzandlari bilan kelgan ota-onalarga salomatlik uchun foydali va mamnuniyat bilan vaqt o‘tkazishi mumkin bo‘lgan universal sport klublari tashkil etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston uchun eksklyuziv loyiha bo‘lgan yangi ko‘p funksional muz saroyi bugunning o‘zida nafaqat katta megapolisnnig, balki dunyo miqyosidagi eng yaxshi sport-madaniy markazlaridan biri bo‘lish uchun jiddiy talablar bilan chiqmoqda. Ob’ekt 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:45, 07.02.2017.
O'qildi: 20753 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.