«Barselona» himoyachisi Xavi Espart kataloniyaliklar safidagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi.
Jurnalist Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, iqtidorli qanot himoyachisi klubning yangi shartnoma imzolash bo‘yicha taklifiga rozilik bergan. Yangi kelishuv 2030 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Yangilangan shartlarga ko‘ra, «Barselona» 19 yoshli futbolchining maoshini ham oshiradi.
Espartning kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Futbolchining transfer qiymati 5 million yevroga baholanmoqda.
Joriy La Liga mavsumida Xavi 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













