Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

JCH saralashidagi raqibimiz Janubiy Koreyada muammolar

Baho:
+ | -

Ketma-ket 9-marta JCH final bosqichida qatnashishni rejalashtirayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi muammolar girdobida qoldi. 23 mart kuni koreyslar Xitoyga qarshi safar o‘yinini o‘tkazib, 28 mart kuni Seulda Suriya terma jamoasini mehmon qiladi.

Asosiy quroli Yevropada to‘p suradigan legionerlar hisoblangan Janubiy Koreya Xitoyga kuchsizlangan tarkibda borishi kutilmoqda. Angliya premyer-ligasining “Suonsi” klubida to‘p suruvchi terma jamoa sardori Ki Song Yong va Germaniya bundesligasi a’zosi – “Augsburg” futbolchisi Ku Ja Chol jarohatlari sabab terma jamoaga yordam bera olmasliklari ehtimoli yuqori.

Ki Song Yong 10 fevral kuni jarohati sabab klub bazasini tark etganligi xabar qilingan bo‘lsa, Ku Ja Chol 5 fevral kuni o‘z klubi safida “Verder”ga qarshi o‘yinda 1 gol va 1 golli uzatma qayd etgan holda jarohat ham oldi. Ikkala futbolchi ham martning oxirlariga qadar safga qayta olmaydi.

Buning ustiga “Tottenhem” hujumchisi Song Xeung Min o‘tgan turda O‘zbekistonga qarshi o‘yinda sariq kartochka olganligi sabab Xitoy bilan bo‘ladigan o‘yinda terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

O‘z navbatida Xitoy o‘z uyida o‘tadigan Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga hayot-mamot masalasidek jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xitoyliklar 9 fevraldan boshlab Gvangjouda yig‘in o‘tkazishmoqda. O‘tgan yil oktyabr oyida bosh murabbiylikka tayinlanganidan buyon Marchello Lippi uchinchi yig‘inni o‘tkazmoqda. 23 mart kuni Xitoy qanday bo‘lmasin Janubiy Koreyani mag’lub etishga urinishi kutilmoqda.

Koreys OAVlari ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:39, 11.02.2017.
O'qildi: 28095 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик