Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

"Santyagu Bernabeu" yangi qiyofaga ega bo‘ladi

"Santyagu Bernabeu" yangi qiyofaga ega bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Real» o‘z stadionini dunyodagi eng yaxshisiga aylantirmoqchi. Shu yil yozda «Santyago Bernabeu»da keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlanadi.

«Real» rahbariyati 400 million yevro sarflash evaziga arenani kosmik darajaga olib chiqishni maqsad qilgan. Aslida «Qirollik klubi» 2012 yiliyoq kapital ta’mirlash ishlari masalasini o‘rtaga tashlagandi. Biroq o‘shanda Madrid shahri hukumati ushbu dabdabali g‘oyaga qarshi chiqdi. Aniqrog‘i, rahbarlarga arena hududining kengayishi sira yoqmadi. Aytgancha, bu bilan stadionning o‘zi kattalashmaydi. Keyinchalik shahar meriyasi bilan o‘rtadagi kelishmovchiliklarga barham berildi. Biroq boshqa bir muammo tug‘ildi. Ya’ni tabiatni muhofaza qiluvchilar guruhi e’tirozi o‘laroq, ishni boshlash muddati yana ortga surildi. Umuman, «Qirollik klubi» g‘oyasiga bir nechta tashkilot baravariga qarshi bo‘lganiga qaramay, jamoa vakillari barchasini «bosdi-bosdi» qilish yo‘lini topishdi. Mohiyatan olganda, shaharning xohlagan fuqarosi hashamatli loyihani hayotga tatbiq etilishiga qarshi chiqishi mumkin edi. Binobarin, gap Madridning qadimiy me’moriy ko‘rinishi keskin o‘zgarishga yuz tutishi xususida ketyapti, axir. Biroq poytaxt aholisida yangilangan «Santyago Bernabeu»ni ko‘rish xohishi kuchlilik qildi, shekilli. Klub tomonidan sarflanadigan 400 million  yevro chakana mablag‘ emas, albatta. Tabiiy savol tug‘iladi - shuncha pul nimalarga va qayerga yo‘naltiriladi?

TOM

Stadion tomi harakatlanuvchi mexanizm sifatini oladi va u 360 darajaga aylanadigan holatga keladi. Agar maydon ustini to‘la yopish zarurati tug‘ilsa, buning uchun bor-yo‘g‘i 15 daqiqa sarflanadi. Barchasini ta’minlash yo‘lida tribunaning yuqori qavati qayta quriladi. Xususan, metall ustunlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ulkan tomni aynan shu ustunlar ko‘tarib turadi. Xullas, loyihaga ko‘ra, arena yanada yuqoriga bo‘y cho‘zadi. Qancha balandlashishi esa hozircha ma’lum emas. Lekin 1992 yilgi rekonstruksiyadan so‘ng «Bernabeu»ning balandligi 22 metrdan naq 45 metrga oshganini nazarda tutsak, uning «bo‘yi» sezilarli darajada «o‘sishi» mumkin.

Kommunikasiya

«Santyago Bernabeu» Yevropada yuqori zichlikdagi tarmoq o‘rnatilgan birinchi stadionga aylanadi. Bu tizim ulkan hajmdagi trafikni ta’minlaydi. Shunday ekan, muxlislar internetdan hech qanday muammosiz foydalanish imkonini hosil qilishadi. Shuningdek, ularga maxsus ilovalar taqdim etiladi. Misol uchun, xohlagan fanatda o‘z suratini butun stadionda bir xil ko‘rinadigan ulkan ekranga joylashtirish imkoniyati tug‘iladi. U agar xohlasa, o‘z taassurotlari va fikrlarini shu ekran orqali bayon etishi mumkin. Klub ishchi-xodimlari uchun ham yangi kommunikasion kanal ochiladi. Ular o‘z zimmalaridagi turli vazifalarni sifatliroq bajarish, kutilmagan muammolarni tezkor hal etish, xavfsizlik masalalarini kuchaytirishda aynan shu kanaldan keng foydalanishadi.

Old ko‘rinish

Maxsus metall konstruksiya (yo‘l-yo‘l chiziq) arenaning old ko‘rinishiga noodatiy manzara bag‘ishlaydi. Boz ustiga, shu ajib manzaraga xohlagan tusni berish mumkin bo‘ladi. Oddiy aytganda, hisobsiz yoritgich diodlari yordamida stadion turli ranglarda tovlanadi. Xuddi Germaniyadagi «Alyans Arena» kabi.

Ko‘ngilochar dasturlar

Savdo markazi, kafe, do‘konlar, klub muzeyi - bularning barchasi zarur, biroq hech biri ortiqcha hayratlantirmasligi ham tayin. Tashqariga chiqmay turib, stadiondagi o‘yin-ni bevosita tomosha qilish imkonini beruvchi mo‘’jaz mehmonxonachi? Bunisi endi boshqacha yangilik. To‘g‘ri, har bir xonada o‘yinni birdek kuzatish imkoniyatini yaratish mumkin emas. Xullas, yotgan joyda Krishtianu Ronalduning navbatdagi golini tomosha qilish sanoqli kishilarga nasib etishi mumkin.

Shahar uchun qulaylik

Birinchi navbatda, «Santyago Bernabeu» joylashgan Kastelyana rayonida istiqomat qiluvchilar foyda ko‘rishadi. Tumanning asosiy qismi piyodalar uchun ulkan maydonga aylanadi - ko‘kalamzorlashtirilgan  yo‘llar orqali stadionga tez va xotirjam yetib olish mumkin bo‘ladi. Loyiha bo‘yicha kirish atriumi 2000 kvadrat kilometr hududni o‘z ichiga olishi kerak. Sagrados Korasones maydoni atrofidagi savdo zallari esa olib tashlanadi. Natijada shaharcha bus-butun ko‘kalamzor hudud qiyofasiga kiradi. Shuningdek, shovqin-suron minimal darajada pasayadi.

Nom

Stadionga yangi qiyofa barobarida boshqa nom ham beriladi - «Abu-Dabi Bernabeu». «Real» buning ortidan yiliga naq 20 million yevroni jaraq-jaraq sanab oladi. Arena nomini o‘zgartirish g‘oyasi Madrid klubi va BAA poytaxtidagi yirik neft kompaniyasi - International Petroleum Investment Company o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani natijasida tug‘ildi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:51, 14.02.2017.
O'qildi: 11924 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.