Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Sevinch» mini futbolda yana peshqadamlikni qo‘lga oldi

«Sevinch» mini futbolda yana peshqadamlikni qo‘lga oldi

Baho:
+ | -

Bugun mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionatining 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi. «Sevinch» bu safar Jizzaxning «Alanga S» jamoasi bilan bahs yuritdi.

Raqiblariga nisbatan ancha katta tajribaga ega bo‘lgan «Sevinch» futbolchilari uchrashuv boshidanoq o‘yin tizginini qo‘lga olishdi. Jizzaxlik futbolchi qizlar esa butun jamoa bo‘lib himoyalanishdi.

Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqadayoq futbolchimiz shaxzoda Jamolova tomonidan ochildi. Bu hisob birinchi bo‘lim davomida saqlanib qoldi. Futbolchilarimiz «Alanga S» himoyasini yorib o‘ta olishmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham xuddi shu ko‘rinishda davom etdi. Jamoamiz hujumda, raqib jamoa esa himoyada harakat qildi. «Sevinch» futbolchilari tomonida uyushtirilgan katta bosim bari-bir o‘z samarasini berdi. Ikkinchi bo‘limning 22-daqiqasida tajribali o‘yinchimiz Kamola Riskiyeva jamoamizning uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi. Qolgan ikki gol ham uning hisobiga yozildi.

Uchrashuvning so‘nggi 5 daqiqasida hujumlarimizga darvozabonimiz Laylo Tilavova ham qo‘shildi. Ammo raqib darvozasiga boshqa gol kiritishni imkoni bo‘lmadi. «Alanga S» butun jamoa bo‘lib, himoyada yaxshi harakat qildi.

Shunday qilib, «Sevinch» ikkinchi uchrashuvda ham g‘alabaga erishdi va o‘z hisobidagi ochkolar sonini 16taga yetkazib oldi. Bugungi g‘alaba orqali turnir jadvalidagi peshqadamlikni ham ta’minladi.

«Sevinch» ertaga 15 fevral kuni Toshkent viloyatining «Oq qo‘rg‘on» jamoasi bilan kuch sinashadi.

Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati, 2-tur

«Alanga S» (Jizzax) – “Sevinch” (Qarshi) 0:4

14.02.2017. Toshkent, “Yoshlik” SA

Hakamlar: Nigora Muhammadiyeva, Husnora Jumayeva, Kristina Sereda, Edita Mirobidova.

Gollar: Shaxzodva Jamolova, 3′-0:1, Kamola Riskiyeva, 22′-0:2, 30’-0:3, 31’-0:4.

“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskiyeva (s), Ilvina Ablyakimova, 17.Tanzilya Zarbiyeva, 11.SHaxzoda Jamolova, 27.SHodiya Tosheva, 77.Nilufar Qudratova, 37.Malika Burxonova, 25.Maftuna Shoyimova, 15.SHoxida Tojiddinova, 13.Maftuna Panjiyeva, 5.Sevara Normurodova, 4.SHoira Qulturayeva.

“Alanga S”: 33.Munavvar Eshonqulova, 2.Gulfira Zuxurova, 3.Gulruxsor Farmonova, 4.Sitora Hazratqulova, 5.Sabina Aliboyeva, 6.E’zoza Axmedova, 7.SHaxzoda Fayzullayeva, 15.Durdona Burxonova, 10.Zumrad Sharofova, 11.Sabina Bosimova, 16.Muxlisa Xasanova, 17.Sitora Umrzoqova, 18.Nigina Jabborova, 1.Nozima Xoliqova.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 14:40, 14.02.2017.
O'qildi: 4645 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик