«Galatasaroy» hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini Yaponiyada davom ettirishi mumkin.
Hürriyet nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi «Vissel Kobe» klubiga o‘tadi.
Futbolchi 15 mln yevro maosh bilan 3 yillik shartnoma imzolash taklifini olgan. Uning transfer narxi 2,7 mln yevro bo‘lib, yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hamyurtimiz Fozil Musayev «Jubilo Ivata» klubi bilan shartnoma imzolagandi.