Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Alvares «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Alvares «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares yozda «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga javob qaytardi.

«Men aytilayotgan gaplarga e’tibor bermaslikka harakat qilaman. Har hafta yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda. Bunga energiya sarflamasdan, bor e’tiborimni ishimga qaratishga intilyapman. Hozir mavsumning eng muhim pallasi va men jamoamga yordam berish uchun yaxshi holatda bo‘lishni istayman. Har bir yangilikni chiqib rad etish yoki izohlab berish imkoniyatiga ega emasman», — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Chorshanba kuni, 29 aprel kuni «Atletiko» Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Madriddagi bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da (chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi) boshlanadi.

Kiritildi: 21:03, 27.04.2026.
O'qildi: 4575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик