Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

"Barselona" Alvares transferi bo‘yicha "Atletiko" bilan bog‘landi

"Barselona" Alvares transferi bo‘yicha "Atletiko" bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi «Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish boshlashdi. Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik rahbariyatdan yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirishni so‘ragan va argentinalik futbolchi ushbu rol uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

ESPN nashrining xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» madridliklar bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer borasidagi pozisiyasini o‘rganishgan. «Barselona» ushbu kelishuvni amalga oshirish moliyaviy jihatdan juda murakkab ekanini tushunib turibdi. Biroq klub vakillari avvalroq Antuan Grizmann bilan sodir bo‘lganidek, futbolchining jamoasini o‘zgartirish istagi transferda muhim rol o‘ynashiga umid qilishmoqda.

Hozirda Alvaresning shartnomasida tovon puli 500 million yevro qilib belgilangan. O‘z navbatida, «Atletiko» hujumchini qo‘ldan chiqarmaslik uchun unga 2032 yilgacha mo‘ljallangan yaxshilangan shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda.

Ma’lumot uchun, Xulian Alvares La Liganing joriy mavsumida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 19:23, 27.04.2026.
O'qildi: 579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик