Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

Rahbar razillik qilsa yoki ishqibozlar nafratiga uchragan prezidentlar

Rahbar razillik qilsa yoki ishqibozlar nafratiga uchragan prezidentlar

Baho:
+ | -

«Palermo» bir yil ichida o‘n marta bosh murabbiyni o‘zgartirdi, biroq Zamparini pinagini ham buzmay, o‘z bilganidan qolmayapti. Soccer.ru shuni inobatga olgan holda ishqibozlarda nafrat uyg‘otayotgan klub prezidentlari haqida so‘z yuritadi.

Maurisio Zamparini (Italiya; «Palermo»)

 

Aybi: murabbiylar almashtirishga mukkasidan ketgan.

«Mening hayotdagi eng asosiy xobbilarimdan biri - murabbiy almashtirish».

Zamparinining taqdiri 1987 yildan boshlab «kalcho» bilan bog‘landi, keyingi 15 yilini «Venesiya»ga bag‘ishladi. 2002 yili esa «Palermo» aksiyalarining nazorat paketini 20 million yevroga sotib olib, Sisiliya klubi prezidentiga aylandi. Shundan so‘ng «murabbiylar kushandasi»ning sarguzashtlari boshlandi.

Aslida, Maurisioning ibratli ishlari ham yo‘q emas. Birinchidan, u rahbar sifatida ishga kirishgach, ikkinchi ligalarda kezishga ko‘nikkan «Palermo»ning nufuzi oshdi. Orolliklar Italiya kubogi finaligacha yetib borishdi, UYEFA kubogida qatnashishdi. Ikkinchidan, «burgutlar» yetuk iqtidorlarni tarbiyalab, mo‘may pulga sotishni yo‘lga qo‘yishdi. Kavani, Pastore, Dibala singari futbolchilar shular jumlasidan.

Ammo so‘nggi yillarda jamoadagi ishlar ko‘ngildagidek kechmayapti, chunki Zamparini o‘zining noodatiy «xobbi»sidan voz kechishni xayoliga keltirmayapti: «A» seriyasini tark etish xavfi ostida qolgan «Palermo»ni boshqargan Diyego Lopes o‘tgan yilning yanvaridan buyon iste’foga chiqarilgan o‘ninchi murabbiy bo‘ldi. Agar klub prezidentida sabr va ishonch bo‘lganida, o‘z iqtidori evaziga futbolda yuksak cho‘qqilarni zabt etishi aniq edi.

«O‘zim tayinlagan 52 nafar murabbiy orasida eng yaxshisi - bu Franchesko Gvidolin. Vaholanki, Gasperini, Spalletti, Zakkeroni, Prandelli, Ventura singari mutaxassislar qo‘l ostimda ishlashga ulgurishdi».

Vinsent Tan (Malayziya; «Kardiff»)

 

Aybi: an’analarni nazar-pisand qilmaslik.

«Kardiff»ning APLga qaytishini xohlayman. Shunda uni sotib, Britaniyaning boshqa klubini xarid qilaman».

Uels jamoasining osiyolik rahbari «Kardiff» boshqaruvini 2010 yili qabul qilib olgan. Malayziyalik tadbirkorlar orasida birinchi bo‘lib Britaniya futboliga sarmoya ajratgan Tan «ko‘k qushlar»ning qarzlarini yopib, klubga 200 million yevro atrofida investisiya kiritdi.

Biroq Kardiffdagi faoliyati davomida yevropaliklar bilan tushunmovchilik vujudga keldi. Gap shundaki, Vinsent Angliyaning ko‘p yillik futbol an’analarini nazar-pisand qilmasdi. Osiyolik ishbilarmon amalga oshirgan o‘zgarishlar mahalliy muxlisu mutaxassislarni karaxt ahvolga soldi: ko‘k liboslar qizil rangga burkandi, «ko‘k qushlar» esa Tanning ham-yurtlarini quvontirish uchun to‘satdan «ajdaholar»ga aylanishdi. Umuman, klub nomi «Kardiff Dragonz»ga aylanishi ko‘zda tutilgandi, ammo bunga qadar yetib bormadi. Oradan uch yil o‘tgach, jamoatchilik bosimi ostida hamma narsa eski holatiga qaytdi. Malayziyalik biznesmen onasi shunday bo‘lishini xohlaganini aytib, vaziyatdan osonlikcha chiqishga erishdi.

«Onam jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlardan birini stadiondan kuzata turib, hamjihatlikning muhimligini aytgach, shunday qarorga keldim. «Kardiff»ga aloqador barchaning baxtiyor bo‘lishini xohlayman».

Xesus Xil (Ispaniya; «Atletiko»)

 

Aybi: ko‘plab jinoyatlar, murabbiylarga munosabat, behayolik, rasizm

«Mening boyligim va «Atletiko»ning yetakchiligini ko‘rolmaydiganlar juvonmarg bo‘lsin».

Xesus Xil - keng ommaga yaxshi tanish shaxs, obro‘si baland, ammo qabih ishlarga mukkasidan ketgan. Korrupsiya va boshqa jinoyatlarni kasb qilib olgan qo‘rs biznesmen bo‘lgani holda ko‘plab odamlarning hayotini barbod qilgan. 1969 yili Xil qamoqqa olindi, chunki uning kompaniyasi qurgan bino oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik oqibatida qulab, 58 kishi halok bo‘lgandi. Albatta, Xesus ko‘p o‘tmay ozodlikka chiqib, hattoki, Frankoning uzrini qabul qildi. U hayoti davomida shu taxlit «suvdan quruq chiqaverdi»: fuqarolik sudida Xesusga nisbatan 80ta ish qo‘zg‘atildi! «Atletiko» uning qo‘l ostida ham chempionga aylandi, ham qiyin ahvolga tushdi. Bir safar Xil klub akademiyasini yopishga qaror qildi. Buning oqibatida azaliy raqib, shaxsan Xesusning nafratiga            yo‘liqqan «Real» Madrid futbol jamoatchiligiga Rauldek afsonaviy hujumchini taqdim etdi.

Xil Marbelya merligiga saylangunga qadar qanchadan-qancha jinoyatlarni sodir etdi, ko‘plab insonlar halok bo‘lishdi. Italiya mafiyasi, Irlandiya, Rossiya jinoyat olami vakillari, dunyoning turli chekkalaridagi korrupsiyaga bevosita aloqador siyosatchilar, Shon Konneri kabi mashhurlar Xesusning doimiy mehmonlariga aylanishdi.

Zamparini murabbiy almashtirish bobida shubhasiz, rekordchi, ammo qariya Xesus ham bu kabi «nozik san’at turi»dan xabardor. U «Atletiko»dagi 17 yillik faoliyati davomida (1987-2004) 30 nafar mutaxassisni almashtirdi. Bir mavsumda ko‘pi bilan 6 murabbiyni iste’foga chiqargan. Bosh-qa irq vakillariga qanday munosabatda ekanligini esa «Atletiko» rahbarining o‘zidan eshita qolaylik:

«Ayaks» haqida nima deyishim mumkin... Hurmatni saqlagan holda aytamanki, o‘zimni Kongoga tushib qolgandek his qildim. Bir tomonga qarasam, to‘rt, ortga o‘girilsam, besh nafar qora tanli futbolchi turibdi! O‘rtada xuddi shunday yana uch o‘yinchi bor».

(«Atletiko»ning kolumbiyalik futbolchisi Adolf Valensiya haqida): «U futbol o‘ynashdan ko‘ra, portda baliqlarni qutilarga joylashtirishni yaxshiroq uddalaydi».

Xesus Xil bir necha marta yurak xurujini boshdan kechirgach, yuragiga implantli kardiostimulyator o‘rnatilgan. Shifokorlar unga futbol o‘yinlariga bormaslikni tavsiya qilishdi. Ammo don Xesus bunday maslahatlarga bo‘yin egadiganlardan emasdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:32, 19.02.2017.
O'qildi: 6487 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.