Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

«Navbahor» nazorat o‘yinida «Qo‘qon-1912»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Navbahor» mavsumlar oralig‘idagi navbatdagi nazorat uchrashuvini “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

“Oq-tepa” o‘yingohida o‘tkazilgan o‘yinda namanganliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Birinchi bo‘limdagi voqealar rivoji asosan maydon markazida kechdi. Tanaffusga yaqin Mansur Saidov raqib himoyachisining xatosidan so‘ng qo‘qonliklar darvozasini nishonga olib hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Ro‘zimboy Ahmedov zaxiradan maydonga tushib, “dubl” muallifiga aylandi. Dastlabki golda Ahmedovga Mansur Saidov hammualliflik qildi. Hujumchi ikkinchi golini qarshi hujumda urdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida futbolchilar maydonda o‘zaro hisob-kitob ishlariga kirishishdi. Oqibatda, uchrashuvni boshqarib borgan Ahror Risqullayev har jamoadan ikki nafardan futbolchini - maydondan chetlatdi.

«Navbahor» uchrashuvni quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Asilbek Amanov, Tohir Shamshitdinov, G‘iyos Komilov, Abbos Otaxonov, Alisher Samatov, A’zam Aliyev, Dilshod Jabborov, Mirzohid G‘ofurov, Oybek Qilichev, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich. Zaxiradan maydonga tushganlar: Ro‘zimboy Ahmedov, Azizbek Turg‘unboyev, Jahongir Mehmonov, Timur Tolipov, Ravshan Xursanov, Hasanboy Ergashev, Abduaziz Sultonov, Ilhom Boydedayev, Alisher Mirzayev.

"Qo‘qon-1912" tarkibi: Muzaffar Abdullayev, Ruslan Melziddinov, Bahodir Akramov, Nosir Otaqo‘ziyev, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Bahodir Pardayev, Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Suhrob Berdiyev, Jalil Kimsanov. Zaxiradan maydonga tushganlar: Oybek Rustamov, Aziz Ashurov, Filip Rayevas, Shohruh Xolmatov.

Navbatdagi nazorat o‘yini 22 fevral kuni Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o‘tkaziladi.

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:39, 20.02.2017.
O'qildi: 7369 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.