Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Azamat Abduraimov: «O‘yin ikki xil tassurot uyg‘otdi»

Azamat Abduraimov: «O‘yin ikki xil tassurot uyg‘otdi»

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasining hal qiluvchi «pley-off» uchrashuvlarida maydonga tushgan «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlar yakunlangach, vakillarimizning o‘yinlarini taniqli murabbiy Azamat Abduraimov bilan tahlil qilishga urinib ko‘rdik.

- Azamat aka, o‘zbek klublari ishtirokidagi uchrashuvlarni birgalikda tomosha qildik. Keling, dastlab «Nasaf»ning o‘yini haqida mulohaza yuritsak. Qarshilik futbolchilarga nima yetishmadi?

- «Nasaf»ning Toshkentda «Al-Hidd»ga qarshi kechgan o‘yini barcha muxlislar qatori menda ham yorqin taassurot qoldirgandi. Mavsumning ilk rasmiy uchrashuvi bo‘lishiga qaramay, qarshilik futbolchilar chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish etib berishdi. O‘sha bahsda hamma narsa bor edi: chiroyli kombinasiyalar, gollar, futbolchilardagi ishtiyoq... «Nasaf» futbolchilarining Saudiyada namoyish etgan o‘yinlari yoqmadi, deyish fikridan yiroqman. Ular yomon o‘ynashmadi. Futbolchilarda ishtiyoq ham bor edi. Mehmonda to‘p surishlariga qaramay, raqibdan aslo qo‘rqishgani yo‘q. Raqib jamoaga nisbatan to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishdi, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Faqat bu hujumlarga chiroyli yakun yetishmadi. Qolaversa, murabbiyning ishi ham ko‘rinib turibdi. Ro‘ziqul Berdiyev boshlang‘ich tarkibda uch nafar markaziy himoyachini maydonga tushirib to‘g‘ri yo‘l tutdi. Lekin o‘sha himoyachilar ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishdi. Darvozabonning xatosi esa «Nasaf»ga qimmatga tushdi. Agar Sanjar Quvvatov futbolchilarni jonli devorga to‘g‘ri qo‘ya olganida bu gol bo‘lmas edi. Chunki jarima zarbasi kuchli chiqmadi, lekin aniq bo‘ldi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvdagi mana shu bitta vaziyat o‘yin taqdirini hal qildi. Avvallari «Nasaf» murabbiylarini yoshlarga e’tibor qaratmaslikda, ularga asosiy tarkibdan joy bermaslikda ayblashardi. Lekin Berdiyev bu an’anani chetlab o‘tdi. U yosh, iste’dodli futbolchilarga imkon bera boshladi. Muhim o‘yinlarda qo‘rqmasdan maydonga tushiryapti. Ishonchim komil, bu yoshlar ertaga nafaqat «Nasaf»ning, balki o‘zbek futbolining ham ishongan o‘yinchilariga aylanishadi.

- «Nasaf» ilk daqiqalardan boshlab 5 himoyachi bilan harakat qildi. Sizningcha, bu darajada himoyaga e’tibor qaratish to‘g‘ri qarormidi?

- Fikrimcha, bu to‘g‘ri qaror edi. Murabbiylar shu tariqa birinchi galda markaziy himoyani kuchaytirishga e’tibor qaratishdi. Qanot himoyachilari Sayfiyev va Shorahmedov hujumga qo‘shilib turishdi.

- «Nasaf»ga faqat omad yetishmadimi yoki tajribasizlik pand berdimi?

- Raqib o‘yiniga ham tan berish kerak. «Al-Fotih» bu uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligini namoyish etdi. Shaxsan menga mazkur uchrashuv «Al-Jaish»-«Bunyodkor» o‘yini bilan taqqoslaganda ko‘proq yoqdi. Saudiyalik himoyachilar «Nasaf» futbolchilariga jarima maydonchalarida erkin harakat qilish imkonini berishmadi. Bizning hujumchilarga individual mahorat yetishmadi. Yo‘qdan golli vaziyatni yuzaga keltira oladigan forvard yo‘q.

- Endi «Bunyodkor» ishtirokidagi o‘yinni tahlil qilsak. «Al-Jaish» futbolchilarida charchoq alomatlari sezilib qoldi. Jamoa juda og‘ir o‘yin ko‘rsatdi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ha, men ham shunday fikrdaman. Qatarlik futbolchilar yo charchagandek ko‘rinishdi yoki murabbiy shogirdlarini o‘yinga ruhan tayyorlay olmagan. «Al-Jaish» hech bir jihatdan «Bunyodkor»dan ustunlikka erishmadi.

- «Nasaf»dagi yoshlar haqida gaplashgandik. «Bunyodkor»da ham yosh futbolchilar yetarlicha va aytish mumkinki, bugungi g‘alabada aynan ularning hissalari katta bo‘ldi, to‘g‘rimi?

- Xuddi shunday. «Bunyodkor» akademiyasida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bera boshladi. Asosiy tarkibda ko‘plab yosh futbolchilar boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirildi. Yoshlarga e’tibor qaratish, ularga ishonish eng to‘g‘ri yo‘l. Ana shu akademiyada tahsil olgan futbolchilar bugungi kunda milliy terma jamoaga ham nomzod sanalishadi. Lekin umumiy olganda, «qaldirg‘ochlar» ko‘rsatgan o‘yin menda ikki xil taassurot qoldirdi. Bir tomondan, natija bor. Jamoa g‘alaba qozondi va guruh bosqichiga yo‘l oldi. Boshqa tomondan, jamoaning o‘yin sifati hali OCHL talabi darajasida emas. «Bunyodkorning o‘tgan yilgi tarkibi ancha kuchliroq edi. Legionerlari ham yaxshi saviyada bo‘lgandi. Ammo jamoa guruh bosqichida bironta ham g‘alabaga erishmagandi. Albatta, bu ijobiy holat emas. Joriy yil qanday natija bo‘ladi? Tayinli bir fikr bildirish mushkul. «Bunyodkor»ning Qatarda o‘tkazgan o‘yini bu savolga javob bermadi. Fikrimcha, bu - jamoa murabbiylarining maksimal ko‘rsatkichi. Lushandan bundan ortiq natija kutish mushkul. O‘z navbatida, seleksiya ishlari ham kutilganidek bo‘lmadi. Jamoa o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan ekan, tarkibni shunga yarasha shakllantirishi shart. Legionerlarga bo‘lgan talabni kuchaytirish kerak. O‘zim ham xorij klublarida o‘ynaganman. Bu oson jarayon emas.

- Demak, «Bunyodkor»ning yoshlarini hisobga olsak, hali jamoa yanada kuchli o‘yin namoyish eta oladi?

- Shubhasiz. «Bunyodkor»ning potensiali yuqori. Jamoa bundan kuchli va yaxshiroq o‘ynashga majbur. Lekin tarkibni kuchaytirmasdan turib yuqori natijalarga erishib bo‘lmaydi. Arab jamoalari aynan kuchli legionerlar hisobiga bizni mag‘lub etishyapti. «Nasaf»ga chiroyli tarzda gol urgan futbolchi ham xorijlik edi. Shunday ekan, «Bunyodkor» rahbariyati va murabbiylar shtabida hali o‘ylab ko‘rish uchun vaqt bor.

Jamoa o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan ekan, tarkibni shunga yarasha shakllantirishi shart. Legionerlarga bo‘lgan talabni kuchaytirish kerak.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:31, 21.02.2017.
O'qildi: 10729 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.