Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

«Siti»ga qarshi o‘yindan keyin «Monako» Yevropaning eng sermahsul jamoasiga aylandi

«Siti»ga qarshi o‘yindan keyin «Monako» Yevropaning eng sermahsul jamoasiga aylandi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatida yetakchilik qilayotgan «Monako» futbol klubi kuchli beshlik klublari orasida eng ko‘p gol urgani bilan ajralib turibdi. Bu borada Leonardu Jardim shogirdlari mavsum boshidan buyon 111 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalgi statistikada «Monako» va «Barselona» klublarining hammadan oldinroq 100 ta gol urib ulgurgani qayd etilgandi. «Monako» Chempionlar ligasi pley-offida 3 ta gol urib, Ispaniyaning amaldagi chempionidan ilgarilab ketdi.

12 yillik rekord

«Monako»ning «Manchester Siti»ga qarshi o‘yini Chempionlar ligasi pley-offining so‘nggi 12 yildagi eng sermahsul o‘yini bo‘ldi. Boisi unda darvozalarga jami 8 ta gol urildi.

2005 yilgi mavsumda Fransiyaning «Lion» klubi o‘z maydonida «Verder» ustidan 7:2 hisobida zafar quchib, yakunda chorak finalga yo‘llanma olgandi. Mazkur bellashuv Chempionlar ligasi pley-offida eng ko‘p gol urilgan o‘yin bo‘lib turibdi.

Antirekord

«Monako» Chempionlar ligasidagi ishtiroki davomida hech qachon 5 ta gol o‘tkazib yubormagandi. «Manchester Siti» klubi Fransiya chempionati yetakchisini shunga majbur qila oldi.

O‘z navbatida «Manchester Siti»ga Chempionlar ligasida 5 ta gol urish ikkinchi bor nasib qildi. «Shaharliklar» birinchi marta 2013 yilning noyabirida «SSKA» darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Kilian Mbappe

18 yoshidayoq Yevropaning top klublari nigohida bo‘lib turgan Kilian Mbappe «Manchester Siti» darvozasiga ham gol urishning uddasidan chiqa oldi. Bu borada u Chempionlar ligasining pley-offida muvaffaqiyat qozongan eng yosh fransiyalikka aylanib oldi.

18 yosh-u 2 oylik vaqtida fransiyalik futbolchilardan hech biriga Chempionlar ligasining pley-offida gol urish nasib qilmagandi.

Guruh bosqichidagi rekord esa Karim Benzemaga tegishli. Madridning «Real» klubi a’zosi 17 yosh-u 11 oyligida «Lion» uchun gol urib, jamoasining «Rusenborg» ustidan zafar quchishiga o‘z hissasini qo‘sha olgandi. Pley-offda u ilk golini 20 yoshga qadam qo‘yibgina urdi. O‘shanda «Lion» Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bilan to‘qnash kelgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:04, 22.02.2017.
O'qildi: 7032 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.