Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

«Gent» yoki «Genk» yoxud deyarli nomdosh jamoalar

«Gent» yoki «Genk» yoxud deyarli nomdosh jamoalar

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasining nimchorakfinal bahsida “Gent” jamoasi “Genk” bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Klub nomlari o‘xshab ketadigan bunday jamoalar ilgari ham to‘qnash kelganmi? UYEFA rasmiy sayti xalqaro musobaqalarda nomlari o‘xshash bo‘lgan jamoalar bahsini eslab o‘tdi.

“Gent” – “Genk”
Sharhlovchilar ushbu bahsda o‘z nutqlarini to‘g‘ri va ravon talaffuz etishlari talab etiladi. Buni esa ikki marotaba, 9 va 16-mart kunlari bajarishlari lozim. Zero, atigi bir harfgina bu klublarni adashtirib yuborishga olib kelishi mumkin.

“Atletiko” – “Atletik”
Ispaniyaning ushbu ikki jamoasi nafaqat La Liga doirasida qarama-qarshi kelishgan. 2012-yil Buxarestda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi finalida ham o‘zaro bahs olib borishgan.

“Sparta” – “Spartak”
Praganing “Sparta” va Moskvaning “Spartak” jamoalari Yevropa Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogi doirasida o‘zaro 7 marotaba guruh bosqichlarida to‘qnash kelgan.

“Selta” – “Seltik”
Vigoning “Selta” va Glazgoning “Seltik” jamoalari nomi o‘sha mashxur kelt qabilalariga borib taqalishi barchaga ma’lum. 2002-2003-yilgi mavsumda UEFA Kubogi doirasida bu ikki jamoa bir-biriga qarshi bahs olib borgan.

“Rapid” – “Rapid”
1972-1973-yilgi mavsumda Vena va Buxarestning “Rapid” jamoalari Kubok egalari Kubogida to‘qnash kelgan. Yakunda esa bitta “Rapid” g‘alaba qozongan.

“Randers” – “Rangers”
Daniyaning “Randers” Yevropa doirasidagi musobaqalarda bir necha bor qatnashgan. Ularga qarshi deyarli nomdosh jamoa “Rangers” (“Reynjers”, Glazgo) ro‘baro‘ kelgan. Andorraning “Rangers” (“Reynjers”) jamoasi bilan adashtirib yubormang tag‘in…

“Lion” – “Nyon”
Kamtargina “Nyon” jamoasi UYEFAning Shveysariyadagi shtab-kvartirasining ro‘parasida joylashgan bo‘lib, hozircha Nyondan 175 km uzoqlikda joylashgan “Lion”ga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lisholmadi. Balkim, yaqin kelajakda o‘zaro bahs olib borishar…

“Aris” – “Paris”
Hozircha, na Salonikining, na Limasolning “Aris” jamoasi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga ro‘baro‘ kelishga mos o‘yin ko‘rsatmoqda.

“Shaxtyor” – “Shaxtyor”
Bahtga qarshi, UYEFA hozirga qadar Donesk (Ukraina), Qarag‘anda (Qozog‘iston) va Soligorskning (Belarus) “Shaxtyor” jamoalarining o‘zaro o‘yinlarini tomosha qilolmasdan kelmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:28, 26.02.2017.
O'qildi: 5293 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.