Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Al-Ahliy» va «Al-Ayn» qay darajada kuchli?

«Al-Ahliy» va «Al-Ayn» qay darajada kuchli?

Baho:
+ | -

BAA klublari OCHLda ko‘p o‘rin olganda ayrim futbol mutaxassislari va muxlislar norozilik bildirishgandi. Televideniye bilan bog‘liq shartnoma masalalari tufayli bu yurt vakillariga ko‘p o‘rin berilgani ayni haqiqat. Lekin 2016 yil finalida Umar Abdulrahmon boshchiligidagi «Al-Ayn»ning munosib o‘ynagani hamma tanqidlarga o‘rinli javob bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. «Al-Ahliy» ham «sovg‘a» emas. Chunki bu jamoa 2015 yilda OCHL finaliga chiqqan. 1-turda esa o‘z uyida Tehronning «Istiqlol»ini o‘ziga xos tarzda mag‘lub etgan mazkur klubda ham temir iroda bor. Bugun klublarimizning 2-turdagi raqiblari xususida batafsil ma’lumot bersak.

DUBAYNING «MILLIY JAMOASI» - «AL-AHLIY»

BAAning Dubay shahrida tashkil topgan «Al-Ahliy»ga 1970 yilda asos solingan bo‘lib, mamlakatning eng nufuzli futbol klubi sanaladi. Ushbu jamoaga Amirliklarda hattoki, «milliy» darajasidagi maqom ham berishgan, chunki bu klub BAA futbol tarixida besh karra mamlakat chempioni bo‘lgan. Shuningdek, ayni payt ham chempion sanalishadi.

1973-1980 yillar klub faoliyatining «oltin» davri hisoblanadi. Aynan shu pallada klub katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan. 1975, 1976 va 1980 yillar chempionlik shohsupasiga chiqishgan va ikki marta BAA kubogi sohibiga aylanishgan. «Al-Ahli» jami sakkiz marta ushbu sovrin egasiga aylangan.

2010 yildan klubda yana yuksalish davri boshlandi. Fabio Kannavaro va Grafite «Al-Ahliy» nomini xalqaro arenaga tanitib ketganlaridan so‘ng, klubda mahalliy yoshlardan Ahmad Xalil va Ismoil al Hammadilar yetishib chiqdilar. Jamoada boshqaruv munosib tarzda yo‘lga qo‘yilganligi bois, chempionlik uchun asosiy da’vogarlar safiga kirib oldi. Endi nafaqat BAA pro-ligasi, balki Fors ko‘rfazida o‘tkaziladigan turli xalqaro turnirlarda ham jamoaga alohida e’tibor bilan qaralmoqda.

Futbol klubidan tashqari, uning tizimida voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi jamoalari ham bor. Klubning o‘z drama studiyasi bo‘lib, u 1981 yildan boshlab BAA madaniyatini yoyishda o‘z hissasini qo‘shib keladi. 2016 yilda «Al-Ahli» Ispaniya La-ligasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan birinchi xorijiy klub bo‘ldi. Mazkur kelishuv asosida yosh murabbiylar primeroda malaka oshiradilar, turli yoshdagi jamoalar esa turli tijoriy va ko‘rgazmali turnirlarga taklif etiladilar.

O‘yinga tanlanishi mumkin bo‘lgan taxminiy tarkib:

Darvozabon: Majid Nosir. Himoyachilar: Abdulaziz Sanqur, Volid Abbos, Salmon Hamis, Abdulaziz Husayn. Yarim himoyachilar: Habib Fardan, Majid Hassan, Everton Ribeyro, Hamis Ismoil. Hujumchilar: Makete Diop, Ahmad Xalil.

Ma’lumot uchun

«AL-AHLIY» (Dubay)

Tashkil topgan vaqti: 1970 yil

Klubning to‘liq nomi: «Al-Ahliy Saudiy»

Laqabi: «Risarlar»

Klub xo‘jayini: Hamdan al Maktum

Stadioni: «Rashid Stedium» (9415 tomoshabin)

Bosh murabbiyi: Kosmin Olariu

Sovrinlari:

BAA chempioni: (7 marta) 1974-1975, 1975-1976, 1979-1980, 2005-2006, 2008-2009, 2013-2014, 2015-2016.

BAA prezidenti kubogi: (8 marta) 1974-1975, 1976-1977, 1977-1978, 1995-1996, 2001-2002, 2003-2004, 2007-2008, 2012-2013.

BAA liga kubogi: (2 marta) 2011-2012, 2013-2014.

BAA superkubogi sohibi: (4 marta) 2009, 2013, 2014, 2016.

OCHL finalchisi: 2015.

Elektron manzili: www.alahliclub.ae

Formasi: o‘z maydonida - qizil-qora, mehmonda - oq.

Joriy (2016|2017) mavsum chempionatdagi holati (15.02.2017): 19 o‘yin, 12 g‘alaba, 5 durang, 2 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati: 39-12. 2-o‘rin.

-----------------------------------------------

BAAning eng sovrindor jamoasi - «Al-Ayn»

Jami 33ta rasmiy sovringa ega ushbu klub bundan yaqin 50 yil oldin Bahrayndan kelgan talabalar va Sudan ishchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan. Klubning «oltin erasi» deya 1997-2003 yillar tilga olinadi. 2002-2004 yillarda taniqli murabbiy Bruno Metsyu boshchiligida ikki yil ichida 4ta sovringa ega chiqqan. Mamlakatda katta shuhrat qozongan va hatto 3ta uy arenasiga ega. Ulardan oxirgi qurilgani - «Hazza Bin Zaid» jahon standartlariga to‘liq mos keladi. So‘nggi ikki yil ichida stadiondagi o‘rindiqlar soni yana 1200taga kamaytirildi.

Al-Ayn shahri jamoasi futbolchilarga pul sarflash borasida bemalol Yevropaning yetakchi jamoalari bilan raqobatlasha oladi. «Al-Ayn» tarkibida qanotlarda va maydon markazida yuqori tezlik hamda yuksak texnikaga ega bo‘lgan yosh futbolchilar harakat qilishadi.

«Al-Ayn» rahbariyati infratuzilmani yaxshilashga katta e’tibor qaratyapti. Klub akademiyasida 9 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat jamoalar tuzilgan va ular BAA milliy chempionatida ishtirok etishadi. Turli yoshdagi jamoalarga aksariyat xorvatiyalik murabbiylar ustozlik qilishyapti. Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ushbu klubda 2010 yildan buyon mahalliy mutaxassislar bosh murabbiy sifatida ishlashmayapti. Jamoani o‘tgan mavsum OCHL finaligacha olib chiqqan Zlatko Dalich joriy yilning 17 yanvarida klubdan ketdi va uning ishini Zoran Mamich davom ettiryapti.

Yulduz futbolchi. Umar Abdulrahmon. 1991 yil 20 sentyabrda tavallud topgan. 2007 yildan buyon «Al-Ayn» klubi tizimida. 2012 yili ESPN telekanali tomonidan Osiyoning eng mashhur futbolchisi, deb topilgan. Oradan bir yil o‘tib, FIFA uni «Osiyoning eng umidli yulduzi», deb topgan bo‘lsa, aynan shu mavsumda u jahonning 50 nafar futbolchisi orasida foydalilik bo‘yicha 39-o‘rinni band etgandi. Jahonning 3ta yirik kompaniyasi bilan homiylik shartnomasi bor. PES-2016 videoo‘yinining Yaqin Sharq versiyasi uchun elchi sifatida tanlab olingan va Neymar bilan mazkur o‘yin videoroligida suratga tushgan. OCHLda jami 49ta o‘yinda qatnashib, 10ta gol urgan va 24ta samarali uzatma bergan. 2016 yilda OFK tomonidan haqli ravishda «Yil futbolchisi», deya tan olindi.

Bilasizmi? Jamoada Abdulrahmon familiyali to‘rt futbolchi bor. Bular - Amir (6-raqam), Umar (10-raqam), Xolid (15-raqam) va Muhammad (16-raqam). Umar, Xolid va Muhammad - aka-ukalardir.

«Al-Ayn»ning OCHLdagi ishtiroki:

2002|2003 yil: chempion (5 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat)

2004 yil: 1|4 final (2 mag‘lubiyat)

2005 yil: final (5 g‘alaba, 5 durang, 2 mag‘lubiyat)

2006 yil: 1|4 final (4 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat)

2007 yil: Guruh bosqichi (1 g‘alaba, 3 durang, 2 mag‘lubiyat)

2010 yil: Guruh bosqichi (2 g‘alaba, 1 durang, 3 mag‘lubiyat)

2011 yil: Guruh bosqichi (2 g‘alaba, 1 durang, 3 mag‘lubiyat)

2013 yil: Guruh bosqichi (2 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat)

2014 yil: 1|2 final (8 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat)

2015 yil: 1|8 final (3 g‘alaba, 5 durang, 0 mag‘lubiyat)

2016 yil: final (6 g‘alaba, 5 durang, 3 mag‘lubiyat)

O‘yinga tanlanishi mumkin bo‘lgan taxminiy tarkib:

Darvozabon: Xolid Isa. Himoyachilar: Mohanad Salim, Ismoil Ahmad, Xolid Abdulrahmon, Dovud Ali. Yarim himoyachilar: Li Myung Ju, Kayo, Muhammad Abdulrahmon, Umar Abdulrahmon. Hujumchilar: Ibrohim Diaki, Nosir al Shamroni.

Ma’lumot uchun

«AL-AYN» (Al-Ayn)

Tashkil etilgan vaqti: 1968 yil.

Stadioni: «Hazza Bin Zaid» (22717 tomoshabin).

Jamoa rahbari: Muhammad Bin Zayd.

Bosh murabbiyi: Zoran Mamich (Bosniya va Gersegovina).

Erishgan yutuqlari: 12 karra BAA chempioni (1976-77, 1980-81, 1983-84, 1992-93, 1997-98, 1999-00, 2001-02, 2002-03, 2003-04, 2011-12, 2012-13, 2014-15), 6 marta BAA prezidenti kubogi sohibi (1999, 2001, 2005, 2006, 2009, 2014), OCHL g‘olibi (2003), OCHL finalchisi (2005, 2016), Ko‘rfaz mamlakatlari klublari chempionati g‘olibi (2001), BAA FF kubogi sohibi (1989, 2005, 2006), BAA superkubogi sohibi (1994, 2003, 2009, 2012, 2015).

Elektron manzili: www.alainfc.aeG‘arG‘

Joriy (2016|2017) mavsum chempionatdagi holati (15.02.2017 y.): 19 o‘yin, 12 g‘alaba, 4 durang, 3 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati: 39-24. 3-o‘rin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:54, 27.02.2017.
O'qildi: 5229 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.