Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

O‘zbekiston futzal Assosiasiyasi yosh sportchilar uchun tanlov e’lon qiladi

O‘zbekiston futzal Assosiasiyasi yosh sportchilar uchun tanlov e’lon qiladi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, bu yil ilk bor futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa 16—26 may kunlari Tailand mamlakatida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston futzal Assosiasiyasi ana shu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yosh o‘yinchilar uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlovda 1997, 1998 va 1999 yillarda tug‘ilgan yoshlar qatnashishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina Toshkentga kelish talab etiladi.

Tanlov 11 mart kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Uni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning shaxsan o‘zi o‘tkazadi. Ispaniyalik mutaxassis kun davomida ishtirokchilarni turli xildagi mashqlar va test-sinovlari orqali ko‘zdan kechiradi. Tanlovda o‘zini ko‘rsatganlar saralab olinadi va keyinchalik futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘iniga jalb etilishi mumkin.

Bugungi kunda futzali rivojlangan mamlakatlar bu metodikadan doimiy tarzda foydalanib kelmoqda.

Tanlovda mamlakatimizning istalgan hududidan yoshlar qatnashishlari mumkin. 11 mart kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" majmuasida 10:00dan boshlanadigan tanlovda o‘zingizni ko‘rsating va sizda futzal bo‘yicha yoshlar terma jamoasi a’zosiga aylanish imkoni paydo bo‘ladi.

Murojaat uchun telefonlar: +99894 6323366, +99893 1814111

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:57, 28.02.2017.
O'qildi: 7032 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.