Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Navbahor: "Futbolchilar tanishtirildi"

"Navbahor: "Futbolchilar tanishtirildi"

Baho:
+ | -

Bundan biroz vaqt oldin Namangandagi “Markaziy” o‘yingohning majlislar zalida 2017 yilgi chempionatda jamoamiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi jamoa rasmiy sayti.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrulla Xayitboyevich Bozarov, Namangan shahar hokimi, «Navbahor» futbol klubi prezidenti Bahodir Mamatovich Bekxodjayev, “Navbahor” futbol klubi vise-prezidenti Akramjon Gapparovich Dedabayev, klub rahbariyati, “Navbahor” jamoasi murabbiylar shtabi, asosiy tarkib a’zolari hamda “Navbahor” jamoasining bir guruh ishqibozlari ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimini Namangan viloyat futbol federasiyasi vise-prezidenti Bahrom Xolmirzayev ochib berdi. Shundan so‘ng Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrullo Bozarov so‘zga chiqib, jamoa futbolchilari oldida turgan mas’uliyatli vazifa xususida fikr yuritdi. Shu bilan birgalikda Bozarov o‘z so‘zida “Navbahor” jamoasini O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazila boshlagandan beri oliy ligada muntazam ravishda qatnashib kelayotgan uchta jamoadan biri ekanligini ham alohida e’tirof etdi. Shuningdek, viloyat rahbari bugungi kunda futbolchi va murabbiylar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi ham aytib o‘tib, murabbiy va futbolchilarga yuqori marrani ko‘zlagan holda chempionatda faqat sovrinli o‘rinlar uchun kurashish va “Navbahor” jamoasining avvalgi shon-shuhratini tiklash vazifasini qo‘ydi. Bu borada jamoa a’zolariga omad yor bo‘lishiga tilak bildirdi.

Shundan so‘ng mavsumlar oralig‘ida “Navbahor” jamoasi tarkibidan joy olgan futbolchilarni tanishtirish marosimi o‘tkazildi. Mavsum arafasida “Navbahor” a’zosiga aylangan futbolchilarga o‘yin formalari topshirildi. Unga ko‘ra darvozabonlar Amanov Asilbek 30, Ortiqov Akmal 1, Ashurmatov Nodirjon 12, himoyachilar Mehmonov Jahongir 32, Samatov Alisher 2, Ergashev Hasanboy 3, Stanoyevich Darko 44, Otaxonov Abbos 4, Komilov G‘iyosjon 5, yarim himoyachilar Xursanov Ravshanbek 8, Mirzayev Alisher 20, Saidov Mansur 10, Qilichev Oybek 7, G‘ofurov Mirzohid 19, hujumchilar Yovanovich Nemanya 84, Sultanov Abduaziz 11, Ahmedov Ro‘zimbay 22 va Talipov Timur 95-raqamda harakat qiladigan bo‘ldilar.

Tadbir davomida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov so‘zga chiqdi: - Jamoamiz joriy yilgi mavsumga tayyorgarlikni asosiy qismini Toshkentda olib bordi. Mavsumga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishimiz va tarkibni shakllantirishda Xayrulla Hayitbayevich Bozarov boshchiligidagi viloyat rahbariyati zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdi. Yangi mavsumda viloyat rahbariyati va muxlislar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilamiz. Ishqibozlarimizning munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlariga ishongan holda maydonga chiqib, viloyat ahlini xursand qilish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Bosh murabbiydan keyin jamoa sardori Dilshod Jabborov futbolchilar nomidan so‘zga chiqdi: - Jamoamizni mavsumga munosib tarzda tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilgani uchun jamoamiz a’zolari nomidan minnatdorchilik bildirib o‘taman. 2017 yilgi chempionatda oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilib, jamoamiz muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz. Bildirilgan ishonchga maydondagi mazmunli o‘yinlarimiz orqali javob berish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:24, 02.03.2017.
O'qildi: 6915 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.