Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Britaniya hukumati va FA orasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Britaniya hukumati va FA orasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Baho:
+ | -

HUKUMAT FUTBOL RAHBARIYATIGA QARSHI. Angliya futbol assosiasiyasida 122 nafar a’zosi bor. Ulardan 8 nafari ayol va yana 4 nafari qora tanli mutaxassis. Buyuk Britaniya parlamenti ana shu katta tashkilotga ishonchsizlik bilan qarayapti va hattoki, uni 40 million funtdan mahrum etishi mumkinligini ma’lum qildi. To‘g‘ri, assosiasiya hozircha faqat rasmiyatchilik uchun og‘zaki ravishda ogohlantirildi. Biroq shu «tanbeh» natijasida Angliya futbolini boshqaruvchi oliy organ tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

Nima yuz berdi?

Buyuk Britaniya hukumatining Madaniyat, OAV va sport masalalari bilan shug‘ullanuvchi qo‘mitasi bundan yarim yilcha avval futbol assosiasiyasi ishi yuzasidan ikkinchi bayonotini e’lon qildi (birinchisi 2010 yili kuzatilgandi). Rahbarlar unda futbol organi mutasaddilariga bir qator tavsiyalar berishgan: muxlislarga e’tiborni oshirish, ommaviy tadbirlarni ko‘proq tashkillash, tashkilot bo‘limlari boshqaruvi xilma-xil bo‘lishini ta’minlash... Birinchi talab mohiyati tushunarli - fanatlar bilan ish sifatini yaxshilash. Ikkinchisida ham muxlislar manfaati ustuvor. «Boshqaruv xilma-xilligini ta’minlash»ga kelsak, bunda FA tarkibiga ayollarni ko‘proq jalb qilish nazarda tutilgan. Biroq futbol assosiasiyasi ushbu tavsiyaga beparvo qaradi va 6 oydan so‘ng mamlakat hukumatidan norasmiy ogohlantirish oldi.

Hukumat bilan kelishmovchilik qanday xavf tug‘diradi?

Buyuk Britaniya sport vaziri Treysi Krauchning aytishicha, hukumat futbol assosiasiyasini moliyalashtirishdan voz kechishi mumkin. Gap har yili ajratiladigan 30-40 million funt haqida ketyapti. Qo‘shimchasiga, mamlakat hukumatining o‘zi futbol tashkilotida islohotlarni boshlab yuborishi hech gap emas, agarda FA yaqin orada ishga yondashuvini keskin o‘zgartirmasa. «Agar futbol termini bilan ifoda etsak, hozir hattoki, qo‘shimcha vaqt ham emas, balki «overtaym»ning so‘nggi daqiqalari ketyapti. Ya’ni «Fergi-taym,-deya masala ancha jiddiy ekanligini tushuntirdi Madaniyat, OAV va sport ishlari qo‘mitasi rahbari Demyen Kollins. - Ayni payt futbol assosiasiyasi 0:1 hisobida yutqazmoqda va agar zudlik biror keskin choralar ko‘rmasa, barchasini bevosita nazoratga olishdan o‘zga ilojimiz qolmaydi».

Parlament nimaga erishmoqchi?

Buyuk Britaniya hukumati insonlarning teng huquqlik mezoni bo‘yicha Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ortda qolmoqchi emas. Demakki, hukumat futbol assosiasiyasi tarkibida turli jins vakillari ishlashlarini istaydi. Yuqorida aytildi, FAning 122 nafar xodimidan atigi 8 nafari ayol va 4 nafari qora tanli. Xullas, hukumat nazdida bu juda kam. Boz ustiga, FAning atigi 30 nafar a’zosigina 60 yoshdan kichik. Qolganlar nafaqa yoshidalar. Buyuk Britaniya partiyalaridan biri vakili Kit Vaz futbolda hamon tabaqalashtirish mavjudligidan hayron: «Jahon bo‘yicha olsak, jami futbolchilardan 25 foizi qora tanli.  Biroq bizda 92ta yirik klubdan 17tasidagina bosh murabbiy vakolati qora tanli mutaxassislarga topshirilgan». Hukumat bundan tashqari, FAning muxlislar bilan talab darajasida hamkorlik qilmayotganidan xavotirda (jumladan, tashkilot kengashida fanatlar vakiliga joy ajratish talabini ilgari surmoqda). Shuningdek, moliyaviy operasiyalarni mustaqil nazorat etuvchi qo‘mita tuzilishi va futbol assosiasiyasi bo‘limlarini boshqarish muddati qisqartirilishini xohlamoqda.

FA nima qiladi?

Futbol assosiasiyasi prezidenti Greg Klark  jim qarab turmayapti. U xususan, mamlakat hukumati bosim o‘tkazishda davom etadigan bo‘lsa, FAdan ketishini aytib urgurdi. Biroq hamma ham Klarkni qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q. Deylik, tashkilot vise-prezidenti Kit Komton hukumatni  ayblash barobarida FA rahbarini sira tushunmayotganini ta’kidladi: «Afsus, parlament a’zolarida futbolga yopishishdan boshqa g‘am yo‘q, shekilli. Shaxsan men ularning o‘rinlarida bo‘lganimda, sog‘likni saqlash ishlari, turar-joylar yetishmasligi va mamlakat muhofazasi uchun juda kam mablag‘ ajratilayotganiga e’tibor qaratardim. Endi talabga kelsak, agar futbolni rivojlantirishga qiziqadigan va bunga layoqati bor ayol topilsa, uni darhol FAga taklif qilamiz. Menimcha, Klark hozir iste’fo haqida o‘ylamasdan, qat’iyat ko‘rsatishi kerak».

Hammasi nima bilan tugaydi?

Voqealarning keyingi rivojini taxmin qilish qiyin, chunki umumiy holat ancha chalkash. Bir tomondan, Buyuk Britaniya hukumati o‘z qaramog‘idagi har qanday tashkilotda islohot o‘tkazishga haqli. Rahbarlarning norasmiy ogohlantirishlari ular shunday qilishni xohlayotganlaridan dalolat. Boshqa tarafdan qarasak, futbol assosiasiyasi FIFAning qudratli nizomi asosida himoyalanishi mumkin. Zero, xalqaro futbol uyushmasi mamlakat hukumatining soha ishiga aralashuvini sira yoqlamaydi. Bordiyu, hukumat milliy futbol federasiyasi ishiga aralashgudek bo‘lsa, FIFA diskvalifikasiya jazosi bilan xavf soladi. Bunga misollar yetarli. To‘g‘ri, hozirga qadar biror yirik futbol saltanatiga nisbatan shunday sanksiya qo‘llanilgan emas. Xullas, ko‘rinib turibdiki, futbol assosiasiyasi va Buyuk Britaniya hukumati murosa yo‘lini tanlashi shart. Binobarin, xudbinlik harakatidan ikki tomonga ham naf  yo‘q. Bundan faqat mamlakat futboli zarar ko‘radi...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:10, 04.03.2017.
O'qildi: 4609 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.