Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

APL klubi Abduqodir Husanovga hammadan ko‘proq narx taklif qildi. Bu “Manchester Siti” emas

APL klubi Abduqodir Husanovga hammadan ko‘proq narx taklif qildi. Bu “Manchester Siti” emas

Baho:
+3 | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov uchun kurashda “Nyukasl” klubi boshqalarni ortda qoldirishni niyat qilgan.

Manbaga ko‘ra, Angliya klubi Husanov uchun “Lans”ga boshqa da’vogar klublardan ko‘ra ko‘proq narx taklif qilish niyatida. Saudiya shayxlari egaligidagi klub 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi uchun 20 million yevro sarflashga tayyor.

Hozirda dunyoning boy klublardan biri hisoblangan “Nyukasl” Husanov transferi bo‘yicha aniq muzokaralar o‘tkazmoqda, biroq “Lans” himoyachini sotishdan 40 million yevro ishlab olmoqchi.

Ma’lumot uchun, himoyachi uchun da’vogarlar qatorida Angliyaning “Manchester Siti”, “Lester”, “Chelsi”, Fransiyaning “PSJ” klublari ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Man Siti” o‘zbekistonlik himoyachini transferida favorit hisoblanadi.

Avvalroq Husanov uchun kurashga Madridning “Real” klubi ham qo‘shilgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 11:34, 07.01.2025.
O'qildi: 9037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик