Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
23/01 20:00 Vyetnam - Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Omadli start yoki «Dinamo» Bekoboddan g‘alaba bilan qaytmoqda

Omadli start yoki «Dinamo» Bekoboddan g‘alaba bilan qaytmoqda

Baho:
+ | -

Barchamiz intiqlik bilan kutgan damlar yetib keldi. 3 mart kuni mamlakatimizda milliy chempionat bahslariga start berildi. 1-tur doirasida Bekobodda «Metallurg» mehmoni bo‘lgan «Dinamo» jamoasi Oliy Ligaga qaytishini ajoyib g‘alaba bilan boshladi.

Bahs oldidan jamoamiz tarkib borasida muammolarga uchragan bo‘lsada, murabbiylar shtabi asosi yoshlardan iborat futbolchilarga ishonch bildirishdi va bu yakunda samara berdi.

Bekoboddagi uchrashuvning boshlanishi mezbonlar hujumlari ostida start olgan bo‘lsada, dastlabki bo‘lim tengkurashlar ostida o‘tib, jamoalar tanaffusga nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalarining hujumkorligini oshirishini kutgan samarqandlik futbolchilar, qarshi hujumlarda mezbonlarni jazolashga intilishdi. Natijada o‘yinning 55-daqiqasida burchakdan Orif Mamajonov tomonidan yetkazib berilgan to‘pni raqib darvozaboni qaytarish ilinjida xatolikka yo‘l qo‘ydi va to‘p Davron Karimqulovdan o‘z darvozasiga yo‘l oldi, 0:1. Ushbu gol Oliy Liga-2017ning ilk goli sifatida tarixdan o‘rin oldi.

Goldan ruhlangan ko‘hna shaharliklar himoya qo‘rg‘onini mustahkamlab, raqibning hujumlariga qarshi hujum bilan javob berishdi. Natijada 89-daqiqada «Metallurg» stadionining Samarqanddan kelgan muxlislar sektori larzaga keldi. Jamoa sardori Akmal Bozorov maydon markazidan hujum boshlab to‘pni Komil Sharofutdinovga yetkazdi, u esa hujumga otlagan Abdumalik Abdullayevni darvozabon bilan yakkama-yakka holatiga olib chiqdi. Darvozabonni ortda qoldirgan tezkor hujumchining o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasi kuchsiz chiqqan bo‘lsada, darvoza oldiga yetib kelgan Akmal Bozorov «Metallurg» himoyachisidan ildamroq harakat qilib, hisobni 0:2 ga yetkazdi. Bu «Dinamo»ning Oliy Ligaga omadli qaytishini anglatardi.

Oliy Liga. 1-tur.

3 mart (juma)

«METALLURG» – «DINAMO» - 0:2

Bekobod, 1029 tomoshabin.

Hakamlar: Dmitriy Pislegin (Toshkent) – 8,2, Alisher Usmonov (Toshkent) – 8,7, Timur Gaynulin Toshkent) – 8,7, Jasur Muxtorov (Toshkent) - 9

Nazoratchi: Farhod Abdullayev (Toshkent).

O‘zPFL vakili: Noil Lutfulin.

Gollar: Davron Karimqulov (55, avtogol), Akmal Bozorov (89).

«Metallurg»: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov, 8. Ayubxon No‘’monov (95. Timur Usmonov, 66), 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullayev, 17. Mirg‘iyos Sulaymonov, 20. Dostonbek Tursunov, 22.Islombek Isoqjonov, 70. Jahongir Abdumo‘minov, 77. Doniyor Ismoilov (13. Sanjar Qodirqulov, 61).

«Dinamo»: 1. Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokayev, 3. Bunyod Isroilov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 9. Sardor Sulaymonov (11. Abdumalik Abdullayev, 55), 10. Javohir Qahramonov, 15. Shohruhbek Xolmatov, 18. Damir Nizanov (20. Amirjon Safarov, 85), 19. Orifjon Mamajonov (23. Komil Sharafutdinov, 69), 22. Abdujamol Isroilov.

Ogohlantirishlar: D. Tursunov (57), Z. Abdullayev (90) – D. Azimov (39), B. Isroilov (82).

Eng yaxshi o‘yinchilar: Z. Abdullayev – J. Qahramonov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:39, 04.03.2017.
O'qildi: 4242 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.