Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ilhom Mo‘minjonov: "Maqsadga erishdik"

Ilhom Mo‘minjonov: "Maqsadga erishdik"

Baho:
+ | -

"Navbahor" - "Obod" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yinni og‘ir kechishini bilgandik. Chempionatning birinchi o‘yini bo‘lgani va mavsum arafasida tarkib deyarli yangilanganligi sababli buni taxmin qilgandik. Futbolchilarimiz 12 mingdan oshiq muxlis qarshisida to‘p surishgani uchun ham bahsning birinchi bo‘limida biroz xayojonlanishdi. Shunday bo‘lsada, jamoamizning tanaffusdan keyin namoyish etgan o‘yini manzur bo‘ldi. Faqatgina uchrashuv yakunida bo‘shashishgani sababli o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Ko‘rsatilgan o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ular g‘alaba uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solgan holda harakat qilishdi. So‘nggi besh kun davomida “Obod” jamoasining o‘yinini o‘rganib chiqdik. Raqibning “Sho‘rtan”ga qarshi so‘nggi uchrashuvini ham ko‘rib chiqdik. Bugun maydonga g‘uzorliklarga qarshi bahsdagi tarkib tushdi. Shundan kelib chiqqan holda ikkinchi golni urganimizdan keyin uch hujumchi bilan harakat qilishga qaror qildik. Bu hol tez orada o‘z samarasini berishi kerak edi. Ammo, Ro‘zimboy Ahmedov juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Nazarimda hujumchi bunday holatda gol urishi shart edi. Agarda uchinchi golni urganimizda tashabbus to‘liq qo‘limizda bo‘lardi. Shunga qaramay ikkinchi bo‘limni hujumkor ruhda o‘tkaza oldik. “Obod” jamoasi bugungi kunda yaxshi shakllangan klublar sirasiga kiradi. Asosiysi birinchi o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bahs oxirlarida himoyachilarimiz bo‘shashishmaganida, darvozamiz daxlsizligini ta’minlagan bo‘lardik. Afsuski o‘sha paytda darvozabonimizga ham ziyraklik yetishmadi. Himoyachining o‘rniga hujumchini tushirib, raqibga yanada bosim o‘tkazishni maqsad qilgandik. Ro‘zimboy Ahmedov jamoamizdagi yetakchi hujumchilardan biri sanaladi. Aynan uni maydonga tushirish orqali o‘z maydonimizda o‘zimiz xo‘jayin ekanligimizni bildirishni ko‘zlagandik. Ammo, o‘ylagan rejamiz amalga oshmadi. Turg‘unboyevdan ham ko‘p narsani kutgandik. Ushbu futbolchimiz qishki yig‘in paytida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olgandi. Lekin, bugun o‘zining yaxshi tomonlarini namoyish eta olmadi. Keyingi o‘yinlarda Azizbek xato va kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda yorqin o‘yinlar namoyish etadi degan umiddaman. Darvozabonlar bilan ishlash uchun mahalliy murabbiylardan biri Ilhom Abduqodirovni jamoaga jalb etdik. Yaqin kunlar ichida bu borada bir to‘xtamga kelamiz. Bugungi uchrashuvda “Obod” tarkibida harakat qilgan Shohruz Norxonovni alohida e’tirof etgan bo‘lrdim. Jamoamiz safida esa Alisher Samatov o‘zini ko‘rsatdi. Aslini olganda barcha munosib tarzda to‘p surdi. Shunga qaramay, Samatovga alohida minnatdorchilik bildirib o‘taman" - dedi Mo‘minjonov.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 21:01, 04.03.2017.
O'qildi: 4857 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.