Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Leonardo: «Himoyada tavakkal qilib bo‘lmaydi»

Leonardo: «Himoyada tavakkal qilib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Corriere dello Sport nash­ri «Milan»ning sobiq futbolchisi, o‘z vaqtida «rossoneri»ning murabbiyi va funksioneri hisoblangan Leonardo bilan suhbat uyushtirdi. Intervyu chog‘ida braziliyalik mutaxassis murabbiylik sohasidagi dastlabki qadamlari haqida gapirib o‘tdi.

- Murabbiylikka qanday kirib kelgansiz?

- Bu tasodifan yuz bergandi yoki Galliani shuni sezgan. Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng «Milan»da funk­sioner bo‘lib ishlayotgandim. Qaysidir ma’noda jamoaga yangi murabbiy kerak edi. Karlo Anchelotti barcha narsaga erishib bo‘lgandi. Uning g‘alabali odimi yakunlangach, rekonstruksiya vaqti yetgandi. Klubdagilar o‘tish davrida o‘zlariga qarashli odam bilan ishlashni istashayotgandi. Galliani bosh murabbiy lavozimini bir necha bor taklif qilgan, men esa rad javobini bergandim. Ammo yakunda hamkorlikka ko‘nganimdan mamnunman. Murabbiy bo‘lish ajoyib. Ehtiroslaringizni o‘zingizdan yosh bo‘lgan futbolchilar bilan baham ko‘rasiz. Har uch kunda vaziyat o‘zgarib turadi, his-hayajonga berilasiz, yangi g‘oyalar, millionlab muxlislarni o‘ziga rom etadigan uchrashuvlar... Bu haqiqatan ham ajoyib.

- Nima uchun bir yildan so‘ng jamoadan ketdingiz? Natijalar unchalik yomon emasdi-ku?!

- «Milan»da 14 yil faoliyat olib bordim. O‘ynadim, ishladim. Jamoada ancha vaqt o‘tkazganimdan so‘ng turli muammolar paydo bo‘la boshladi. Klub ichida murakkab vaziyat yuzaga kelgach, ketishga qaror qildim. Berluskoni ham oldingidek emasdi. Shu zayl davom ettirolmasdim. Qolaversa, hamisha o‘zgarishlarga oshiqishim ham ketishimga sabab bo‘ldi.

- Ishingizga aralashisharmidi?

- Bu odatiy hol, shunchaki, ish jarayoni. Ayni vaziyatda «aralashish» iborasini ishlatmagan bo‘lardim. Tabiiyki, prezident o‘z pullarini sarflaganidan so‘ng jim qarab turmaydi. Uning o‘z so‘zini aytish, g‘oyalari bilan o‘rtoqlashish huquqi bor. «Leo va Leoning do‘sti o‘ynashi kerak», de­yish muammo emas. Lekin qoidalarga amal qilish shart. Ularsiz ishlab bo‘lmaydi.

- Siz hozir aktual bo‘lgan «4-2-fantaziya» sxemasini o‘ylab topgansiz. Bu uslub qaysi falsafaga mos tushadi?

- Ushbu qarorga kelishdan oldin ancha o‘ylandim. Italiyada birinchi navbatda to‘p o‘tkazib yubormaslik kerak, so‘ngra gol urishga harakat qilasiz. Himoyada tavakkalga o‘rin yo‘q. Bu brazilcha futbol emas. Tarkibda Pirlo, Zeedorf, Pato, Inzagi, Boryello va Ronaldinyo kabi yulduzlar bo‘la turib, ularni zaxirada ushlab turish esa jinoyat. Xullas, asta-sekinlik bilan shunday o‘yin modeliga o‘tdik. Menimcha, juda qiziq bo‘lgandi. Mazkur g‘oya futbolchilardan katta motivasiya talab qiladi. Masalan, buni Allegri ham yaxshi biladi. Biz muvaffaqiyat qozonish uchun barcha narsaga maksimal tarzda yondashish lozimligini bilardik. Yugurish, ochiq zonalarni yopish. Ambrozini buni qoyilmaqom tarzda uddalagan. Albatta, boshqa futbolchilar ham chetda qolishmagan. Hattoki, Ronaldinyo ham «qurbonlik»ka rozi bo‘lgan. Umuman olganda, «4-2-fantaziya» sxemasini Galliani o‘ylab topgan, men uni shunchaki, ma’­qullaganman, xolos. Biz haqiqatan ham rohatlanardik. To‘g‘ri, g‘alaba qozonmaganmiz, ammo raqobatbardosh jamoa shakllangan. Sizni ishontirib aytishim mumkin, natija va chiroyli o‘yinni birlashtirish oson emas. Lekin bu yangilikni amalga tatbiq etganimdan faxrlanaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:40, 06.03.2017.
O'qildi: 6893 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.