Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

“Barsa” “PSJ” to‘sig‘idan o‘tishiga ishonish uchun besh sabab

“Barsa” “PSJ” to‘sig‘idan o‘tishiga ishonish uchun besh sabab

Baho:
+ | -

Chempionlar Ligasi nimchorak finali javob uchrashuvida «Barsa»ning keyingi bosqichga o‘tishiga har qanday statistika qarshi. Biroq, kataloniyaliklar “PSJ”ga qarshi bahsda mo‘’jiza ko‘rsata olishlari uchun yetarli sabablarga ega.

O‘z tarixida, “Barselona” bunday chaqiriqqa hali ro‘baro‘ kelmagandi. 14-fevral kuni nimchorak final dastlabki uchrashuvida Parijda 4-0 hisobida yengilgan “Barselona” “Nou Kamp”da mo‘’jiza ko‘rsatishga astoydil bel bog‘lagan. UEFA statistikasi bo‘yicha, Luis Enrike shogirdlarining keying bosqichga o‘tish imkoniyati 0 ga teng. Shunga qaramay, “Barselona” keying bosqich vazifasini uddalay olishi uchun beshta sabab borki, ularni ham nazardan qochirmaslik kerak.

“Kamp Nou”da o‘yin atmosferasi ko‘tarinki tarzda

La Liga yoki Chempionlar Ligasi bahsi bo‘lsin, «Nou Kamp» o‘zgacha tus oladi. Jamoa muxlislari «PSJ«ga qarshi «kambek» uchun astoydil tayyorlanishdi. Shu bois, «Nou Kamp» o‘z futbolchilari bilan qalban bo‘glanadi. Tiago Silva, Marko Verratti yoki Anxel Di Mariya nafaqat kataloniyaliklar asosiy tarkibiga qarshi balki, 100 000 kishiga qarshi bahs olib borishlariga to‘g‘ri keladi.

MSN bilan «Barsa» sayyoraning eng hujumkor jamoasi

Ushbu eslatma «Park de Prens»dagi o‘yindan oldin ham bot-bot takrorlangandi. Javob o‘yinida ham takrorlanadi. Zero, Luis Enrike ixtiyoridagi bunday hujum uchligi boshqa birorta jamoada mavjud emas. Messi, Suares, Neymar sport formasida bo‘lganida oradagi farqni yo‘q qilish uchun “mo‘’jiza” ko‘rsatishlari zarur emas. Shunchaki o‘z ishlarini mukammal bajarishlari talab etiladi, xolos. Luis Enrike “Barselona”sining muvaffaqiyatlari kaliti aynan MSN hisoblanadi. So‘nggi uch o‘yinda joriy etilgan yangi taktika eng yaxshi o‘yinchi Messini qayta topishga yordam berdi. Shuningdek, Neymar ham “qayta tug‘ildi”. Suares o‘z o‘yinini yanada mustahkamlab oldi. Bunday o‘zgarishlar albatta, «Barselona» muxlislarida umid uchqunlarini uyg‘otgani bor gap.

Buskets va Ter Shtegen ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda

Shanba kuni «Selta»ga qarshi kechgan bahsda (5-0), “Barselona” mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlaridan biri namoyish etdi. Katta bosim, kerakli ritm bilan jamoa Buskets ijrosida ajoyib o‘yin guvohi bo‘lishdi. Ter Shtegen ham amaldagi Ispaniya chempionlarining so‘nggi bahslardagi g‘alabalarining muhim elementlaridan biri bo‘ldi. Oyoq bilan o‘ynashda, xavfli vaziyatlarni qaytarishda ishonchli o‘yin namoyish etgan germaniyalik posbon ham yuqori sport formasida ekanligini ko‘rsatib berdi.

“PSJ”dagi katta ishonch

«Barselona»ni yirik 4-0 hisobida dog‘da qoldirish kichik ish emas. Bunday natijadan keyin «PSJ» Unay Emeri boshqaruvida «sarguzashtlar olami»da bo‘lsada, javob uchrashuvida pand yeb qolishlari mumkin. Emeri turgan gapki, bunday psixologiyadan qochish choralarini ko‘rgan bo‘lishi kerak. Ular avvalo dastlabki uchrashuvdagi natija tasodifmasligini ham ko‘rsatishlari kerak. Verratti esa bunday o‘yindan oldin vaziyatni tushungan ko‘rinadi. O‘z intevyusida bu vaziyatga aloxida to‘xtalib o‘tdi. «Biz «Barselona»dan kuchlimiz deya o‘ylamasligimiz kerak aks holda, qattiq xato qilgan bo‘lamiz.»

Tarixan, «Barselona» «kambek»larga ko‘nikkan

Chempionlar Ligasi tarixida hech bir jamoa dastlabki uchrashuvdagi 4 golli farqni yo‘qqa chiqargan emas. Ammo, “Barselona” hech qachon umidsizlikka tushmagan. “Barselona” o‘z tarixida 22 bora 4-0 hisobida zafar quchgan, shundan beshtasi esa aynan Chempionlar Ligasiga to‘g‘ri keladi. Bunday natijaning so‘nggi ikkitasi ushbu mavsumda “Manchester Siti” va “Borussiya Myunxengladbax”ga qarshi bahslarda yuz berdi.

4-0 hisobidagi farqni yo‘qqa chiqarish juda qiyin vazifa, hatto imkonsiz bo‘lishi mumkin. Biroq, “Barsa”ning so‘nggi o‘yinlaridagi sezilarli o‘sish bu vazifani uddalay olishiga ko‘pchilikni ishontirmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:04, 08.03.2017.
O'qildi: 24349 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.