«Pari Sen-Jermen» sport direktori Patrik Klyuyvert yarimhimoyachi Marko Verrattini hech qayerga ketmasligini aytdi.
«Verratti – yarimhimoyamizdagi asosiy futbolchi va shunday bo‘lib qoladi. U bu yil hech qayerga ketmaydi» - dedi Klyuyvert le10sport xabarida.
Avvalroq, «Bavariya» Verratti uchun 80 million yevro taklif qilgani haqida xabarlar chiqqandi.