Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

JCH-2026 musobaqasini o‘tkazishga da’vogarlar

JCH-2026 musobaqasini o‘tkazishga da’vogarlar

Baho:
+ | -

Ma’lumki, FIFA 2026 yildan e’tiboran, JCH final bosqichini 48ta terma jamoa ishtirokida tashkillashga qaror qildi.

«JCH-2026 mezbonlik huquqini qo‘lga kiritish yo‘lida qo‘shma ariza bilan murojaat etish niyatini bildirgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunonchi, musobaqa ishtirokchilari sonining oshirilishi olis kelajakka mo‘ljallangan mantiqan o‘rinli g‘oya ekanligini isbotlashimiz lozim. 2 yoki 4ta mamlakat birgalikda aniq taklif jo‘natib, har biri 3-5tadan stadionni taxt qilib qo‘ysa, bas. FIFA uchun ayni payt birinchi navbatda, xuddi shunday loyihalar qiziqarli»,-dedi xalqaro futbol uyushmasi prezidenti Janni Infantino yaqinda bu masala xususida.

Umuman olganda, kengaytirilgan mundial-2026ga birgalikda mezbonlik qilishni istovchi mamlakatlar yo‘q emas. Eslatma, bitta konfederasiya vakillari qatorasiga 2 marta mundialga mezbonlik qilolmaydi. Shu bois, da’vogarlar ro‘yxatida OFKga a’zo mamlakatlar yo‘q. Zero, JCH-2022 aynan Osiyo hududi, ya’ni Qatarda bo‘lib o‘tadi.

AQSH|Kanada

Amerikaliklar JCH-94ni qabul qilish asnosida mezbonlik masalasida yetarli tajriba to‘plashgan. Kanada esa asosan xokkey bo‘yicha jahon birinchiliklarini tashkillashtirgan bo‘lsada, u yerda ham shinam stadionlar muammosi yo‘q. To‘g‘ri, ushbu juftlik mezbonlik huquqini qo‘lga kiritgan taqdirda, asosiy urg‘u AQSHdagi arenalarga qaratilsa kerak. Amerikaliklar ixtiyorida esa a’lo darajada jihozlangan stadionlar borligi sir emas. Qolaversa, o‘ta rivojlangan talabalar sport tizimi jamoalarni qulay bazalarda kutib olish imkonini beradi. Meksikada ham shinam stadionlar yetarli. Biroq AQSHning Meksikadan ko‘ra, Kanada bilan hamkorlikda ish yuritishi osonroq.

Angliya|Fransiya|Germaniya

Gap «ko‘hna qit’a»ning ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan eng barqaror davlatlari haqida ketyapti. To‘g‘ri, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketgani Angliyaning mezbonlik da’vosiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Lekin agar Fransiya va Germaniyadek jiddiy sheriklar hamkorlikka qo‘l uzatsa, shubhaga o‘rin qolmaydi. Boz ustiga, britaniyaliklar 2018 va 2022 yillardagi musobaqalar mezbonlik huquqini qo‘lga kiritolmadilar. Demakki, ular bu safar barcha imkoniyatlarni ishga solishlari tayin. Tushunarliki, 48ta jamoani birlashtirgan yirik turnirni tanho tashkil etish har qanday mamlakatga qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin, ammo 2 yoki 3ta qudratli davlat yagona maqsad yo‘lida birlashsa, hech qanday muammo qolmaydi. Angliya, Fransiya va Germaniyadagi mavjud infratuzilma talab darajasida, mamlakatlar o‘rtasidagi masofa esa unchalik katta emas. Xullas, Yevropa triosi tanlansa, ushbu mamlakatlar byudjetiga ortiqcha yuk tushmaydi.

Urugvay|CHili|Argentina

Bu davlatlarning barchasi JCHni tashkil etish tajribasiga ega. Lekin Braziliyadan farqli o‘laroq, ularning mundial mezboni rolini bajarganiga ancha bo‘ldi. Umuman, hamkorlikdagi «zayavka» Lotin Amerikasiga xos joziba kasb etishi turgan gap. Albatta, tanlovda g‘olib chiqish uchun avvalo, infratuzilmani takomillashtirish, yangi stadionlar qurish, mavjudlarini chiroyli holda ta’mirlash talab etiladi. Chili va Urugvay zimmasiga ikkinchi darajali rollar yuklatilishi, asosiy bellashuvlar (masalan, final) esa Argentinaga topshirilishi ehtimoldan xoli emas. Shunday holda yarim finallar yoki bu bosqich doirasidagi bitta o‘yin va 3-o‘rin uchun kechadigan bahs Luis Suares hamda Aleksis Sanches vatanida o‘tkazilishi mumkin.

Avstraliya|YAngi Zelandiya

Yaxshi bilasiz, Avstraliya ayni payt OFK tarkibida. Biroq FIFA bu mamlakatga istisno tariqasida da’vogarlik qilish imkoniyatini berishi ham mumkin. Zero, «yashil qit’a» futboli Osiyoga yuzlangunicha Okeaniya futbol konfederasiyasi a’zosi bo‘lib, millionlar o‘yini masalasida Yangi Zelandiya «sherigi» edi. Har ikki davlatda infratuzilma talab darajasida. Esingizdan chiqmagandir, Avstraliya aynan shu qo‘shnisi bilan hamkorlikda JCH-2018 mezbonligini yutishga urinib ko‘rgandi. Demakki, JCH-2026 bu mamlakatlar uchun mundialni qabul qilish bobida navbatdagi urinish bo‘lishi mumkin. Balki FIFA «osiyolik» Avstraliyaga yon berishni istab qolar. Lekin muammo ham yo‘q emas. Deylik, Avstraliya|YAngi Zelandiya juftligi ixtiyorida kengaytirilgan JCHni talab darajasida o‘tkazish uchun stadionlar yetarlimi? Agar 2026 yilgacha barchasi muhayyo etilsa, mundialdan keyin bu inshootlar taqdiri nima bo‘ladi?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 12.03.2017.
O'qildi: 18594 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.