Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

OCHL-2017. «G‘arb»da chalkashlik

OCHL-2017. «G‘arb»da chalkashlik

Baho:
+ | -

Klublarimiz joy olgan «G‘arb» mintaqasi guruhlarida 2-turdan keyinoq chalkash vaziyat yuzaga keldi.16ta jamoadan 3tasigina hozircha ochko olmadi. Ulardan 2tasi BAA vakili ekanligi bu yurt jamoalariga barqarorlik yetishmayotganidan dalolat. «Sharq»da esa Gonkong va Tailand klublari tomonidan qayd etilayotgan ajoyib natijalar barchani hayratga solyapti.

«A» guruhi

*** «Al-Ahli» (Dubay) OCHLdagi 40-o‘yinida 16-mag‘lubiyatini tan oldi. Jamoa shuncha uchrashuvda 65ta gol qo‘yib yuborgan. Umuman,  OCHLda 40ta yoki ko‘proq o‘yin o‘tkazgan jamoalar orasida birgina «Al-Ahli» hali 50ta gol marrasiga yetmagan.

*** Marat Bikmayev 2016 yil 18 noyabr kuni «Metallurg» (Bekobod) darvozasini ishg‘ol qilganidan so‘ng «Lokomotiv»ning 4ta rasmiy o‘yinida gol urolmagandi. Lekin Marat 3-mavsumki, OCHLda gol nashidasini suryapti.

«B» guruhi

*** «Lahviya» hujumchisi Yusuf al Arabiy turnir doirasidagi ketma-ket 2ta o‘yinda gol urdi. «G‘arb» zonasida Omar al Somah («Al-Ahli») va Karlos Eduardo («Al-Hilol») ham shunday natijaga erishdilar.

*** «Lahviya»ning tunislik 26 yoshli hujumchisi Yusuf Msakni esa assistentlar ro‘yxatida peshqadamlik qilayotgan 5 nafar futbolchidan biri bo‘lib turibdi - 2ta samarali uzatma.

«C» guruhi

*** «Bunyodkor»ning asosiy raundlardagi g‘alabasiz seriyasi 14ta o‘yinga yetdi. «Qaldirg‘ochlar» yana 4ta gol qo‘yib yuborsalar, ularning turnirdagi jami minus belgili to‘plari soni 100ta bo‘ladi.

*** Akrom Komilov olgan qizil kartochka «Bunyodkor» uchun OCHLdagi 5-chetlatishdir. Chempionatimiz vakillariga qarasak, «Paxtakor»da 12ta, «Nasaf»da 3ta va «Lokomo­tiv»da 2ta «qizil» bor.

«D» guruhi

*** «Al-Vahda» OCHL guruh bos­qichida so‘nggi marta 2011 yili qatnashgan va «pley-off»ga chiqolmagandi. Bu safar ham o‘sha ssenariy takrorlanadi, shekilli.

«E» guruhi

*** «Muangtong Yunayted» OCHL guruh bosqichida ilk marta g‘alaba qozondi. Saralash raundlarini ham qo‘shib hisoblasak, bu jamoa hisobida atigi 3ta g‘alaba bor. Bungacha yapon klublaridan birgina «Kashiva Reysol»Tailand vakiliga imkoniyatni boy bergandi («Buriram Yunayted»ga).

*** «Kashima Antlers» OCHL doirasidagi 40-o‘yinida 12-marta yengildi.

*** «Ulsan Xyunday» OCHL ikkinchi marta 6:0 hisobini qayd etdi. Bu jamoa 2006 yili chorak finalda «Al-SHabab» (S.Arabistoni)ni xuddi shu tariqa taslim etgandi.

«F» guruhi

*** Tadanari Li OCHLda 7-golini nishonladi (17ta o‘yinda). 2010 yili «Sanfrechche Xirosima» safida to‘p surgan futbolchi 2 mavsumdan buyon «Urava Reds» sharafini himoya qilmoqda.

*** Ummonlik Ahmad al Kaf OCHL-2017da 2-o‘yinini boshqardi. U 2015 yili 5ta va 2016 yili 6ta o‘yin­da ishlagandi.

«G» guruhi

*** «Istern» - «Kavasaki Frontale» o‘yinida gonkongliklar posboni Yapp Xung Fay eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi. Chunonchi, 13-daqiqada Nara Tasuki maydondan chetlatilgan bo‘lsa hamki, yaponlar hujumni susaytirishmadi. Qo‘shib berilgan 3-daqiqada esa «Kavasaki»ning yana bir vakili - Rayner Santos ham qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. E’tiborlisi, 1-turda ham aynan «Istern» ishtirokidagi o‘yinda 2ta chetlatish kuzatilgan, faqat jabrlanuvchi sifatida Gonkong klubi gavdalangandi.

*** «Suvon Samsung» OCHLdagi 55-o‘yinida 17-marta durang qayd etdi. Murosa bilan tugagan o‘yinlar soni bo‘yicha koreys klublari orasida «Seul» yakka peshqadam - 23 marta.

«H» guruhi

*** Avstraliya klublari 2007 yili OCHLdagi debyut mavsumlari davomida atigi 3 marta mag‘lubiyatga uchragandilar. 2014 yili esa naq 8 marta imkoniyatni boy berishdi - bu ular uchun antirekord. Joriy mavsumga kelsak, Avstraliyaning 3ta jamoasi 2ta turdayoq 5 marta yengildi.

*** «Adelaida Yunayted» OCHLda 13-mag‘lubiyatini (38ta o‘yinda) tan oldi. Bu jamoa 2012 yili Toshkentda «Bun­yodkor»ga 2:3 hisobida yutqazgani bo‘­yicha faqat mag‘lubiyatga uchramoqda.

Mintaqa va milliychempionatlar bo‘yicha tahlil

Gonkong jamoasidan hech kim g‘alaba kutmayapti. Lekin Avstraliyaning uchta jamoasi bir bo‘lib 6 ta o‘yinda bironta ham g‘alaba qoza olishmadi. 2-turdan so‘ng bu uchta jamoada bosh murabbiylarni almashtirsa ham bo‘laveradi. Eron va Tailand jamoalari bu turni ancha ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi.

Mamlakat

Soni

O‘yin

Yu

D

M

T-N

Ochko

Foiz

Markaziy-G‘arbiy Osiyo (43 ta gol)

Eron

4

8

4

2

2

12-8

14

58,3

Qatar

2

4

2

1

1

8-5

7

58,3

S.Arabistoni

4

8

4

2

2

10-9

14

58,3

BAA

4

8

2

1

5

9-15

7

29,2

O‘zbekiston

2

4

1

0

3

4-6

3

25,0

Janubi-SHarqiy Osiyo (56 ta gol)

Xitoy

3

6

5

1

0

18-4

16

88,9

Tailand

1

2

1

1

0

2-1

4

66,6

Yaponiya

4

8

4

2

2

18-10

14

58,3

J.Koreya

4

8

2

2

4

15-13

8

33,3

Gonkong

1

2

0

1

1

1-8

0

16,6

Avstraliya

3

6

0

1

5

2-20

1

5,5

O‘yin intizomi

OCHLning amaldagi g‘olibi - «Chonbuk Xyunday Motors» (bu yil turnirdan chetlatilgan) sariq va qizil kartochkalar soni umumiyligi bo‘yicha barchadan (saralash o‘yinlarini ham inobatga olingan) oldinda. Jamoa hisobida 134ta sariq va 6ta qizil kartochka bor. «Bunyodkor» va «Paxtakor» ham «Top-10»da turibdi. «Lokomotiv» esa bu borada 38ta sariq va 2ta qizil kartochka bilan 41-o‘rinda. OCHL tarixida eng ko‘p qizil kartchokani Xitoyning «Pekin Guoan» klubi olgan - 11ta.

#            Klub  Sariq          S/Q     +          S+Q    Ochko

1            Chonbuk Motors       134     4          2          6          156

2            Al Hilol      117     2          3          5          138

3            Beyjing Guoan       72       4          7          11       119

4            Al Jazira   93       1          4          5          116

5            Bunyodkor      102     3          1          4          116

6            Al Ayn          87       1          5          6          115

7            Al Ittihod  93       1          3          4          111

8            Guangjou Evergrand         89       0          4          4          109

9            Paxtakor      74       2          5          7          105

10          Al Ahli (Jidda)   87       1          2          3          100

Saudiya Arabistoni klublari OCHLda jami 346ta o‘yin o‘tkazib, 161ta g‘alaba, 82ta durang va 103ta mag‘lubiyat qayd etishgan. To‘plar nisbati: 554-391.

Avstraliya klublarining OCHL­dagi umumiy statistikasi: 164ta o‘yin, 54ta g‘alaba, 46ta durang va 64ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati: 188-222. «Yashil qit’a» vakillaridan «Vestern Sidney Uonderers» OCHL g‘olibiga aylangan - 2014 yili.

Hafta qahramoni. Aleks Teysheyra. 1990 yil 6 yanvarda tug‘ilgan. Bo‘yi - 173 sm., vazni - 69 kg. O‘ng qanotdan hujumga o‘tish vaqti uni yakunlashga ixtisoslashgan. «Liverpul» 2016 yili yanvarda Aleks Teysheyra transferi uchun Doneskning «Shaxtyor» klubiga 24,6 mln. funt (32 mln. yevroga) taklif qilgandi. Biroq Xitoyning «Jiangsu Sunin» jamoasi o‘rtaga suqilib, narxni 50 mln. yevroga ko‘tardi va futbolchini ilib ketdi. Bu rekord Xitoy futbolida atigi 10 kun saqlanib turdi. Aleks 2016 yili ham OCHL («Chonbuk Motors»ga qarshi), ham Xitoy chempionati («Shandong Luneng»ga qarshi)dagi debyut o‘yinidayoq gol urdi. Braziliyalik hujumchi o‘tgan mavsum Xitoy chempio­natida 28 marta maydonga tushib, 11ta gol muallifiga aylandi. OCHL-2016da esa 2ta gol urgandi. Mana, joriy mavsumning 2ta o‘yinida o‘z nomiga yana 2ta gol yozib qo‘ydi.

Hakamlar masalasi

2-turda 2 nafar hakamimiz - Ravshan Ermatov va Ilgiz Tantashev ishlashdi. Umuman olganda, 2-tur bahslariga O‘zbekistondan tashqari, Avstraliya, Yaponiya va Saudiya Arabistonidan ham 2tadan hakamlar brigadasi jalb etildi.

Zaxira vakillari gollari

Joriy mavsumning 1-turida 1ta, 2-turida esa 5ta gol zaxiradan tushgan futbolchilar nomiga yozildi. Hozircha faqat 6ta jamoa futbolchilari «joker»likni qoyillatishdi. Jami gollardan 6,06 foizi (99tadan 6ta) zaxira vakillariga to‘g‘ri kelmoqda. O‘tgan mavsum 1-turda 5ta va 2-turda 9ta gol «joker»lar hisobiga yozilgandi. OCHL-2017da zaxiradan maydonga tushib, gol urgan futbolchilar: Rafael da Silva («Urava Reds»), Ismoil Matar («Al- Vahda»), Muhammad al Shlxub («Al-Hilol»), Eli Babalj («Adelaida Yunayted»), Li Jong Xo («Ulsan Xyunday»), Deyan Damya­novich («Seul»).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 12.03.2017.
O'qildi: 9391 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.