Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

“Avvalgi murabbiyning taktikasiga mos kelmagandim”. Aziz G‘aniyev jarohati va JCH—2026 dagi ishtiroki haqida gapirdi

“Avvalgi murabbiyning taktikasiga mos kelmagandim”. Aziz G‘aniyev jarohati va JCH—2026 dagi ishtiroki haqida gapirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni, Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yinida olgan jarohati hamda terma jamoadagi muhit haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Futbolchi bu haqda 90 minutUz YouTube kanaliga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.

Jarohat va Atlantadagi yig‘in haqida

“Atlantadagi yig‘inni ham boshlab oldik, barchasi joyida. Kanadaga qarshi uchrashuvda oyog‘imdan bir oz jarohat olgandim. Shifokorlarimiz tezkorlik bilan muolajalarni boshlashdi va hozirga kelib holatim ancha yaxshi. Xudo xohlasa, tez orada umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilaman.

Tashkiliy masalalarda hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q. Hamma davlatning o‘z qonun-qoidasi bor. Bizni ham xavfsizlik nuqtayi nazaridan tekshirishdi, bu — oddiy holat. Bosh murabbiyimiz esa maksimal darajada ruhiy, jismoniy va taktik jihatdan biz bilan ishlamoqda”.

Terma jamoaga qaytishi borasida

“Ikki yil avval ushbu Jahon chempionatida ishtirok etishimga qanchalik ishonardim? O‘zimga doim ishonganman va shu ishonch bilan harakat qilganman. Avvalgi murabbiyning taktikasiga to‘g‘ri kelmaganman. Mana, hozir yangi bosh murabbiyning falsafasiga tushgan holda, terma jamoamiz safida maksimal darajada foyda keltirish uchun harakat qilyapman”, deydi yarim himoyachi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi 1 iyun kuni Edmonton shahrida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edi. O‘sha bahsning 23-daqiqasida Aziz G‘aniyev jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR termalari bilan o‘zaro bahs olib boradi. Jamoa mundialdagi dastlabki o‘yinini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:04, 12.06.2026.
O'qildi: 2397 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик