Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Navoiy viloyatida qo‘l jangi bo‘yicha yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyatida qo‘l jangi bo‘yicha yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugungi kunda yurtimizda sportning qo‘l jangi turi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda.

Hamyurtlarimiz sportning mazkur turidagi eng nufuzli xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishayotgani esa yoshlar orasida qo‘l jangining keng ommalashishiga sabab bo‘lmoqda.

Yana shuni ta’kidlash kerak, qo‘l jangi bo‘yicha xalqaro turnirlarni mezbon sifatida qabul qilish ham malakatimiz uchun an’ana tusiga kirib bormoqda. Ana shunday musobaqalardan biri, 11-mart kuni Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan, buyuk davlat arbobi Amir Temur sharafiga bag‘ishlangan turnir bo‘ldi. Ushbu musobaqa Xalqaro qo‘l jangi federasiyasi hamda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federasiyasi hamkorligida o‘tkazildi.

Mazkur turnir Xalqaro qo‘l jangi federasiyasi shafeligida o‘tayotgan “H2Hfight” chempionlar ligasi musobaqasining bir qismi sifatida o‘tkazildi. Bugungi kunda ushbu ligada dunyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etishmoqda. Ishtirokchilarning aksariyati Osiyo, Yevropa hamda Jahon chempionlari sanaladi. Eng e’tiborli tomoni, Navoiy viloyatida tashkil qilingan musobaqa davomida o‘tkazilgan 5 ta jangning barchasida o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etishdi. Shu jihatdan, mutaxassislar ushbu janglarga “O‘zbekiston va Jahon terma jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv” deb ta’rif berdilar.

Dastlabki jang yarim o‘rta vaznda Rossiya va Yevropa chempioni – Rinat Bulikin hamda O‘zbekistonning 3 karra chempioni Jamshid Begmatov o‘rtasida kechdi. To‘liq 3 raund davom etgan bellashuvda Jamshid Begmatovga biroz tajriba yetishmadi va Rinat Bulikin hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topildi. Huddi shu vazndagi yana bir reyting jangida, buxorolik qo‘l jangi ustasi Jahongir Jumayev hamda rossiyalik Maksim Yefremenko to‘qnash keldi. Shuni ta’kidlash kerak, Yefremenko qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempioni sanaladi. Jahongir Jumayev tomonidan berilgan zarbalar jang davomida nomdor raqibni bir necha bor muvozanatdan chiqarib yubordi. Yakunda haqamlar bir ovozdan Jahongir Jumayevning g‘alabasini qayd etishdi.
Yana bir jangda hamyurtimiz Bekzod Nurmatov, Moldova Respublikasi vakili Denis Tomuzni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi. Toshkentda mashg‘ulot olib boruvchi Bekzod Nurmatov asosan oyoq bilan turli usulda aniq zarbalar yo‘llash hisobiga raqibidan ustun keldi.

Keyingi jang og‘ir vaznda bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahsda kki karra O‘zbekiston chempioni Ilyos Raimov moldovalik Aleksandr Lyaxga qarshi kurash olib bordi. Jangning ikkinchi raundi davomida Ilyos Raimov qo‘l va oyoq zarbalari bilan raqibni og‘ir holatga tushirib qo‘ydi. Moldovalik sportchi jangni davom ettira olmasligini sezgan murabbiylar, kurashni to‘xtatishga qaror qilishdi. Texnik nokaut – O‘zbekiston sportchisi g‘olib chiqdi.

Qo‘l jangi bo‘yicha “Amir Temur sharafiga” bag‘ishlab tashkil qilingan ushbu xalqaro turnirdagi so‘ngi jang “H2Hfight” chempionlar ligasining yarim-o‘rta vaznidagi chempionlik uchun bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Odil Sirojiddinov rossiyalik Nurmuhammed Beslaniyevga qarshi jang olib bordi. Bahs davomida bir necha kuchli zarbalarni o‘tkazib yuborgan Sirojiddinov jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi va chempionlik Rossiya vakilida qoladigan bo‘ldi.

Garchi chempionlik O‘zbekiston vakiliga nasib etmagan bo‘lsada hamyurtlarimiz 5 ta jangning 3 tasini o‘z foydalariga yozib qo‘yib, “Jahon termasi” deb ta’riflangan jamoani umumiy hisobda mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldilar.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 22:12, 12.03.2017.
O'qildi: 8771 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик