"Lion" yarim himoyachisi Memfis Depay Fransiya chempionatining 29-turi doirasida "Tuluza"ga qarshi o‘yinda (4:0) chiroyli gol muallifiga aylandi.
Maydon markazida to‘pni qabul qilgan Depay bir raqibni aldadi va kutilmaganda zarba berib, 50 metr masofadan darvozani ishg‘ol qildi. To‘p yuqori trayektoriya hosil qilib, darvozabonning ustidan to‘rga borib tushdi.