Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Lokomotiv» Tehronga yetib bordi

«Lokomotiv» Tehronga yetib bordi

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahsni Eron poytaxti Tehronda "Istiqlol"ga qarshi o‘tkazadi. 13 mart kuni kechadigan bellashuv Osiyodagi eng katta stadionlardan biri "Ozodiy" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi va mazkur bellashuv mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:30)da boshlanadi.

TEHRON
"Lokomotiv" delegasiyasi 12 mart kuni ertalab charter reys orqali soat 10:00da Tehron sari parvoz qildi va uch soatga yaqin parvozdan so‘ng manzilga yetib keldi. Bizni Tehron xalqaro aeroportida "Istiqlol" klubi vakillari kutib olishdi. Manzilga yetib kelganimizda soat millari mahalliy vaqt bilan 11:30ni ko‘rsatayotgan edi. Ma’lumot uchun, Eron bizdan bir yarim soat (orqada) farq qiladi.

Avtobusda bir soatlik yo‘ldan so‘ng "Persian Esteghlal Hotel" mehmonxonasiga yetib keldik va jamoa shu yerda joylashdi. Aslini olganda masofa ko‘p ham uzoq emas, faqat yo‘ldagi tirbandlikni hisobga olib aytganda vaqt ko‘pincha yo‘l bo‘shashini kutish bilan o‘tib ketadi. Bu yerga kelganimizdan so‘ng mahalliy vaqt bilan 14:30da klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, xalqaro bo‘lim xodimi Sardor Akromov hamda jamoa administratori Baxtiyor Ismoilov hamrohligida Eron futbol federasiyasi tomon yo‘l oldik.

MITING
O‘yindan oldingi rasmiy tadbirlar aynan shu binoda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ekan. Bu yerda dastlab har ikkala klub vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting tashkil qilindi. Bunda bir qator tashkiliy masalalar, shuningdek, ertangi bahsda kimning qaysi libosda to‘p tepishiga oydinlik kiritib olindi.

Demak, "Lokomotiv" safarda "Istiqlol"ga qarshi bahsni oq rangli futbolkalarda, mezbonlar esa ko‘k rangli futbolkada o‘tkazishadi. Miting o‘z yakuniga yetgach, navbat o‘yinoldi matbuot anjumaniga yetib keldi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 01:33, 13.03.2017.
O'qildi: 8985 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик