Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Mixail Naumov: "Bizni «Lester»ga qiyoslay boshlashdi"

Mixail Naumov: "Bizni «Lester»ga qiyoslay boshlashdi"

Baho:
+ | -

Samarqandning «Dinamo» klubi bir yillik tanaffusdan so‘ng oliy ligaga qaytdi. Nafaqat qaytdi, balki dastlabki turlardayoq kattagina shov-shuv ko‘tardi. Bekobodda «Metallurg» 2:0 hisobida mag‘lub etildi.

2-turda esa «Sho‘rtan» ustidan g‘alaba qozonildi - 3:0. Vaholanki, g‘uzorliklar dastlabki o‘yinda «Neftchi»ni yengishni uddalashgandi. Mazkur bahsdan so‘ng «Dinamo» posboni Mixail Naumovdan intervyu oldik. Ikkita uchrashuvdan so‘ng jamoasi darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan kiper mavsum startidan olgan taassurotlarini biz bilan baham ko‘rdi.

- Misha, avvalambor, siz va jamoadoshlaringizni g‘alabalar bilan tabriklayman. Ochig‘i, Bekobodda ikkita to‘p farqi bilan zafar qozonishinglarni hech kim kutmagandi. Muvaffaqiyat nimaning evaziga qo‘lga kiritildi, deb o‘ylaysiz?

- Tabrik uchun rahmat. Samarqand ahli katta futbolni sog‘inib qolgandi. Bir yillik tanaffusdan so‘ng ko‘hna shaharga yana oliy liga o‘yinlari qaytdi. Bu imkoniyatni ularga taqdim etganimizdan xursandmiz. Albatta, dastlabki ikkita uchrashuvda g‘alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlay olganimiz quvonarli. Ha, shov-shuvli natija kuzatildi. «Metallurg» bilan uchrashuvga xuddi final o‘yinidek qarab, yakunda kutganimizdan ham ortig‘iga erishdik.

- Rostini ayting, bahs oldidan hech bo‘lmasa durangga umid qilganmidinglar?

- Mazkur uchrashuvda oldimizga bir ochko olish vazifasi qo‘yilgan edi. Hisobni ochib olganimizdan so‘ng himoyada bexato harakat qilib, qarshi hujumda ikkinchi golni urdik.

- «Dinamo» tarkibida mashhur futbolchilar yo‘q, hisobi. Lekin dastlabki ikkita turda yuqori natijaga erishdinglar. Muvaffaqiyatning siri nimada?

- Birinchi galda tartib-intizomning kuchli ekanligida. Qolaversa, har bir futbolchi o‘z imkoniyatini maksimal darajada ishga soldi. Muhimi, murabbiylar tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajardik.

- Murabbiylar o‘yindan oldin nima deyishgandi?

- Durang qayd etish haqida ko‘rsatma oldik. Buning uchun himoyada bexato o‘ynab, qarshi hujumlardan foydalanishimiz talab etilgan edi.

- «Metallurg» bilan o‘yindan so‘ng 2-tur uchrashuviga taraddud ko‘rish uchun ko‘p vaqt bo‘lmadi. Lekin ana shu fursat ham munosib tayyorgarlikka kifoya qildi. Bu safar «Sho‘rtan» yirik hisobda mag‘lub etildi. Mazkur bahs haqida qanday fikrdasiz?

- Ha, haqiqatan ham vaqt juda kam edi. Murakkab kechgan o‘yindan so‘ng qisqa fursatda jismoniy tiklanish talab etilardi. Shunga qaramay bu vazifani ajoyib tarzda uddalaganimizdan xursandman.

- Ko‘pchilik «Dinamo»ni «Lester»­ga qiyoslashni boshladi...

- Bu haqda o‘zimga ham aytishdi. Shunday deb atashsa qarshi bo‘lmasdik (kuladi). Lekin «Lester» ertagini takrorlash uchun oxirigacha «tulkilar» kabi matonat bilan borish kerak. Ushbu jarayon oson kechmaydi. Keyingi turlarda qanday natija qayd etilishini hech kim bilmaydi va oldindan ayta olmaydi. Muhimi, biz o‘z imkoniyatimiz darajasida o‘ynashda davom etamiz.

- Oldinda «Paxtakor»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Yurish davom etarmikan?

- Nasib qilsa, bu an’anani davom ettiramiz (suhbat o‘yindan bir kun oldin uyushtirilgan, - muallif). «Paxtakor» - kuchli jamoa. Unga ortiqcha ta’rif berish ham shart emas. «Sherlar» joriy yil sovrinli o‘rinlar uchun kurashishi kutilgan «Qizilqum»ni ikki to‘p farqi bilan yengishdi. Muxlislar bilan to‘lgan stadionda «Neftchi»dan ochko tortib olishdi.

Toshkentdagi uchrashuv juda ham qiziqarli kechishini taxmin qilish qiyin emas. Biz faqat natija uchun o‘ynaymiz. Bu bahs shaxsan men uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Professional faoliyatimdagi ilk rasmiy o‘yinimni 2003 yili o‘sha paytdagi mamlakat chempioni «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazganman. Ushbu uchrashuvni ko‘p eslayman.

- Ilhom Sharipov boshqa lavozimga o‘tganidan so‘ng, aksariyat muxlisu mutaxassislar murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar ijobiy natija bermasligini taxmin qilishgandi. Ochig‘i, bizda ham shu kabi shubha bor edi. Bu borada nima deysiz?

- Ha, o‘zgarishlar bo‘ldi. Lekin natija tabloda aks etib turibdi.

- Ikki o‘yinda raqib darvozasiga 5ta to‘p kiritildi. Siz qo‘riqlayotgan darvoza esa daxlsiz qolmoqda...

- Bu - himoyadagi ishonchli harakatlar samarasi. Mudofaa chizig‘i vakillari murabbiylar ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarishyapti. Qolaversa, o‘zim ham ularga yo‘l-yo‘riq berib turibman. So‘zlarimni nokamtarlikka yo‘ymaysiz, degan umiddaman.

- Erishilgan dastlabki muvaffaqiyatlardan havolanib ketish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi kundek ravshan. Murabbiylar shu haqda ham sizlarga ko‘rsatma berishyaptimi?

- Hali hech narsaga erishmadik. Hozir yo‘lning boshlanish qismida turibmiz. Oldinda bizni to‘liq mavsum, qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Xotirjamlikka berilish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishini hammamiz yaxshi tushunamiz. O‘z o‘yinimizni namoyish etolsak, ke-yingi natijalarimiz ham yomon bo‘lmaydi, degan umiddaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:06, 15.03.2017.
O'qildi: 7949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.