Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

YECHL. «Manchester Siti» turnirni tark etdi

YECHL. «Manchester Siti» turnirni tark etdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichida kutilmagan natijalardan biri qayd etildi. "Manchester Siti" o‘z uyida 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonganiga qaramay, javob o‘yinida ana shu ustunlikni boy berib qo‘ydi.

Manchesterda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda "Monako" 3:5 hisobida imkoniyatni boy bergani bois, fransuzlar javob o‘yinida o‘z darvozasidan 2tadan ko‘p gol o‘tkazmagan holda, ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonish talab qilinardi.

Jardim shogirdlari birinchi bo‘limni ideal o‘tkazishdi va raqib darvozasiga 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinning 8-daqiqasida Mbappe, 29-daqiqada esa Fabinyo raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. "Siti" esa tanaffusga qadar tayinli hujum tashkil qila olmadi.

Gvardiola ixtiyorida shogirdlariga kerakli ko‘rsatmalarni berish uchun 15 daqiqa bor edi. Mutaxassis bundan samarali foydalandi. Angliyaliklar ikkinchi bo‘limni faol boshlashdi hamda ketma-ket xavfli vaziyatlar yarata boshlashdi. Nihoyat, 71-daqiqaga kelib ularning urinishlari samara berdi. Sterling o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, yo‘llagan zarbani Subashich qaytardi, ammo Sane bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi. 2:1.

Ushbu hisob "shaharliklar"ni qanoatlantirardi. Biroq oradan ko‘p o‘tmasdan "Monako" gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning joniga "standart" oro kirdi va Bakayoko bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Gvardiola jamoasi ixtiyorida vaziyatni o‘nglash uchun 15 daqiqa bor edi. Leonardu Jardim shogirdlari qolgan daqiqalarni bexato o‘tkazishdi. Natijada 1/4 finaliga yo‘l oldi. Gvardiola esa o‘z faoliyatida ilk marta YECHL chorak final bosqichiga chiqa olmadi.

YECHL, nimchorak final, javob o‘yini
Monako Monako – Manchester Siti Angliya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Mbappe, 2:0 – 29 Fabinyo, 2:1 – 71 Sane, 3:1 – 77 Bakayoko.
Monako – Subashich, Radji (Ture, 70), Fabinyo, Mendi, Jemerson, Lemar, Bernardu Silva, Mbappe (Moutinyu, 81), Bakayoko, Sidibe, Jermen (Dirar, 90).
Manchester Siti – Kabalyero, Stounz, Klishi (Ixeanacho, 84), Sanya, Kolarov, Silva, Fernandinyo, de Bryuyne, Sterling, Sane, Aguero.
Ogohlantirishlar: Sanya (11), de Bryuyne (58), Bakayoko (59), Sterling (74), Jermen (89), Lemar (90).
Birinchi o‘yin: 3:5

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:37, 16.03.2017.
O'qildi: 14446 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.