"Galatasaroy" hujumchisi Lukas Podolski Angliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi va JCH-2018 saralashida Ozarbayjonga qarshi o‘yinga chaqirildi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi o‘tgan yilning avgust oyida milliy terma jamoagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.
22 mart kuni Dortmundda bo‘ladigan Angliyaga qarshi o‘rtoqli uchrashuvi uning Germaniya termasidagi 130-o‘yin bo‘ladi va so‘nggisi hisoblanadi.