Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Chempionlar Ligasi chorak finali o‘yinlari uchun muhim omillar

Chempionlar Ligasi chorak finali o‘yinlari uchun muhim omillar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali qur’asi futbol muxlislari istagan barcha narsani taqdim etdi. Bu bosqichda musobaqaning asosiy to‘rt favoriti o‘rtasidagi ikki shiddatli bahs, o‘z maqsadi sari aqlli tarzda kurashuvchi ikki jamoa uchrashuvi ham Yevropaning ikki eng ajoyib yosh jamoasi to‘qnashuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bu o‘yinlarga yaqindan nazar tashlab ko‘ramiz.

«Yuventus» – «Barselona»

«Yuventus» chorak final yo‘lida ushbu mavsumda qayd etilayotgan ikki rekorddan birini saqlab kelmoqda (ikkinchisi «Real»da). Hozirgacha faqatgina ikki gol o‘tkazgan turinliklar mehmonda o‘tkazgan 4 o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi. To‘g‘ri, na «Dinamo», na «Sevilya», na «Lion» va na «Portu» musobaqa g‘olibligiga da’vogar emas edi, biroq «sovg‘a» ham emas edi. Shunga qaramay bu omil juda muhim, zero «Yuventus»ning bu safar»PSJ»ning ilk o‘yindagi 4 gollik ustunligini yo‘qqa chiqargan «Barselona» mehmoni bo‘ladi.

Fransiya chempionlariga 4:0 hisobi ham yetarli bo‘lmaganiga qarab «Yuve» Turinda har qanday ustunlikka erisha olsa uni Kataloniyada saqlash uchun yaxshiroq harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Pogba, Pirlo, Vidal, Teves va Morata bilan 2015-yilgi finalda o‘ynaga va hozirgi jamoadan qaysi biri kuchliligi bahsli masala, biroq hozirgi «Yuventus» himoyada o‘sishga erishib, hujumda Dibala va Iguainning to‘purarlik qobiliyatidan foydalanmoqda.

Shuningdek, bu mavsum so‘ngida biri jamoani tark etadigan va biri jamoasini o‘zgartiradigan murabbiylar to‘qnashuvi ham. Ular hozirgi jamoalarida yetarlicha muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, hali isbotlaydigan narsalari bor. Enrike Chempionlar Ligasida ilk mavsumdayoq g‘alaba qozongan edi, taktik yurishlarda ham mahoratli ekanligini «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ko‘rsatdi. Ammo u musobaqadagi yana bir g‘alaba orqali tanqidchilarning og‘zini butunlay yopishi mumkin. Allegri esa «Yuventus»ga uzoq kutilgan Chempionlar Ligasi sovrinini qaytarishga harakat qiladi.

«Borussiya» – «Monako»

Agar «Yuventus» – «Barselona» bahsidan voz kecha olmasangiz, bu o‘yinning ham takrorini hisobni ko‘rmasdan tomosha qilishni unutmang. Zero bu ikki yosh va o‘ta hujumkor jamoaning shiddatli o‘yini bo‘lib, Antuan Grizmann bilan birgalikda Fransiyaning jahondagi eng kuchli terma jamoalargan biriga aylantira oladagin ikki yosh iste’dod sohibining ham to‘qnashuvidir. Bu Kilian Mbappe va Usmon Dembele bo‘lib, ulardan hech biri 2018-yil dekabridan oldin 20 yoshga to‘lmaydi, biroq ikkalasi ham hozirdanoq mos ravishda to‘purarlik va assistentlik qobiliyatlari bilan o‘z jamoalaridan muhim o‘rin egallagan.

Ikkala jamoa ham hayratlanarli sermahsullik namoyish etayotgan bo‘lsa, «Borussiya» orqa chiziqda ham ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. «Monako» «Siti»ga qarshi dastlabki o‘yinda 5 ta gol o‘tkazib yuborib, javob o‘yinida xatolarini to‘g‘rilay oldi. Dortmundliklar esa yirik g‘alabalarga o‘rganib qolgan va yirik mag‘lubiyatlarga uchramay qo‘ygan. Tomas Tuxel jamoasi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda faqatgina ikki marta bittadan ko‘p gol farqi bilan mag‘lub bo‘lgan («Bayer» va «Bavariya»ga 2:0 hisobida). «Borussiya» guruh bosqichidayoq «Legiya»ni 8:4 hisobida mag‘lub etib, «Real» bilan ikkala o‘yinda ham 2:2 hisobida durang o‘ynab, sermahsullik ko‘rsatgan edi. «Monako» endi an shunday har jihatdan sifatli o‘yin ko‘rsatuvchi jamoaga to‘qnash keladi.

«Atletiko» – «Lester»

Bu ikkala jamoaning ham o‘xshashliklari ko‘p. «Atletiko» ham, «Lester» ham hech kim kutmaganda o‘z milliy chempionatlarida g‘oliblikka erisha oldi. «Lester»ning natijasi butunlay kutilmagan bo‘lganiga qaramay, «Atletiko» jahonning eng kuchli ikki jamoasini ortda qoldira olgani ham hayratlanarlidir. Ikkala jamoa ham tinimsiz mehnat, taktik intizom va yo‘l-yo‘lakay yulduzga aylangan futbolchilar evaziga muvaffaqiyatga erishgan. Ikkala jamoa ham o‘z maydonida har qanday raqibga xavf sola oladi.

«Lester» nimchorak finalda hozirda La Ligada «Atletiko»dan 5 ochkoga oldinda borayotgan «Sevilya»dan ustun keldi. «Tulkilar» Sevilyadagi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham juda qulay hisob qayd eta olgan, biroq bu Klaudio Ranerining iste’foga chiqarilishiga to‘sqinlik qila olmagan edi. Murabbiylikni o‘z qo‘liga olgan Kreyg Shekspir esa jamoani jonlantirib, javob o‘yinida 2:0 hisobida g‘alaba qozonishni uddaladi. «Atletiko» mehmonda «Bayer»ni 4:2 hisobida yengganiga qaramay, o‘z maydonida 0:0 hisobini qayd etgani muxlislariga yoqmagani aniq. Jamoaning guruh bosqichida 6 o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozonib, 2 ta gol o‘tkazgani «matraschilar»ning musobaqadagi asosiy yo‘nalishini ko‘proq ko‘rsatgandi. Jamoasini almashtirishi kutilayotgan Simeone ham Allegri singari bundan oldin sovrin yutib ketishni ko‘zlayotgan bo‘lsa ajab emas.

«Bavariya» – «Real»

Chempionlar Ligasida hech kim Anchelottichalik ko‘p g‘oliblikka erishmagan: bosh sovrinni futbolchi sifatida ikki marta, murabbiy sifatida esa uch marta qo‘lga kiritgan. Bu g‘alabalarning eng oxirgisi «Real» bilan qo‘lga kiritilgan va Zidan o‘shanda Anchelottining yordamchisi edi. Endi esa Chempionlar Ligasini ham futbolchi, ham murabbiy sifatida qo‘lga kiritgan Zidan bu sovrinni ketma-ket ikki marta yutishga bel bog‘lagan. Bu esa so‘nggi marta deyarli 30 yil oldin, yarim himoyasida aynan Anchelotti porlagan «Milan» tomonidan qayd etilgan.

Anchelottining vazifasi o‘tish davrini boshidan kechirayotgan jamoasida «qariyalar» va yoshlarni to‘g‘ri qo‘llay olishdir, zero Filipp Lam va Xabi Alonso mavsum so‘ngida faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan bo‘lsa, Riberi va Robben hozirda 33 yoshda.Tyago, Noyer, Levandovski va Myuller tajribali futbolchilar bo‘lib, Renato Sanches va Joshua Kimmix singari yoshlarning iste’dodidan ham to‘g‘ri foydalanish lozim.

«Real»da esa Zidan hozirgi davrni Ronaldu boshchiligidagi jamoaning bir yorqin porlashidan ko‘ra oltin davr sifatida esda qolishi uchun harakat qiladi. «Real» hozirda gollar borasida o‘zining asosiy yulduziga avvalgidek bog‘liq emas va jamoa uchun yaxshi yangilik – Ronaldu La Ligada to‘purarlar orasida borayotganiga qaramay Chempionlar Ligasida bu mavsumda faqatgina 2 ta gol urishga erishgan. «Real» o‘zining asosiy yulduzi ishtirokisiz shu bosqichgacha kelgani raqiblari uchun yaxshi yangilik emas.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:53, 18.03.2017.
O'qildi: 22410 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.