Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Sevinch» mini futbol bo‘yicha 13-marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

«Sevinch» mini futbol bo‘yicha 13-marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Bugun mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati 3-bosqich uchrashuvlari davom ettirildi.

«Sevinch» G‘uzorning «Sho‘rtan Lady» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Kichik voha derbisi maqomiga ega uchrashuvda g‘olib jamoa, mini futbol bo‘yicha, bu yilgi chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Chunki, «Sevinch» ham «Sho‘rtan Lady» jamoasi ham hal qiluvchi bosqich uchrashuvlarining barchasida g‘alaba qozonishgan edi.

Uchrashuv kutilganidek, qarshiliklar ustunligida boshlandi va dastlabki 10 daqiqada Maftuna Shoyimova va Shodiya Tosheva bir martadan g‘uzorlik qizlar darvozasiga gol urdi. Bu gollarga Shoira Qulto‘rayeva 11-daqiqada javob yo‘llashga muyassar bo‘ldi – 2:1. Oradan ikki daqiqa o‘tib, tajribali futbolchi Kamola Riskiyeva oradagi hisobni 3:1ga o‘zgartirdi. Shu hisob bilan birinchi bo‘lim yakuniga yetdi.

Ikkinchi bo‘limda ham qarshiliklar tashabbusni o‘z qo‘llarida ushlab turishdi. Himoyaga katta e’tibor qaratib, asosan to‘pni nazorat qilishdi. O‘yin shunday davom etayotgan bir paytda, tezkor tashkil etilgan hujum gol bilan yakunlandi. Bu golga Ilvina Ablyakimova mualliflik qildi – 4:1.

Shunday qilib, «Sevinch» muddatidan avval, mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Mini futbol bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionati, 3-bosqich, 4-tur
«Sevinch» (Qarshi) – «Sho‘rtan Lady» (G‘uzor) 4:1 (3:1)
19.03.2017. Toshkent sh., «Yoshlik» s/a
Hakamlar: Kristina Sereda, Zilola Rahmatova, Lyudmila Geyger, Marjona Rahmatqulova.
Gollar: Maftuna Shoyimova, 8′-1:0, Shodiya Tosheva, 8′-2:0, Kamola Riskiyeva, 13′-3:1, Ilvina Ablyakimova, 25′-4:1 – Shoira Qulturayeva, 11′-2:1.
«Sevinch»: 1.Laylo Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskiyeva (s), 17.Tanzila Zarbiyeva, 11.SHaxzoda Jamolova, 10.Ilvina Ablyakimova, 7.SHaxnoza Qurbonova, 25.Maftuna Shoyimova, 20.Maftuna Panjiyeva, 27.SHodiya Tosheva, 9.Sevara Normurodova, 37.Malika Burxanova, 72.Nilufar Qudratova, 19.Oliya Axmedova.
«Sho‘rtan Lady»: 22.Sarvinoz Ergasheva, 11.Fazilat Bahramova, 6.Zebo Jo‘rayeva (s), 19.Dildora Ergasheva, 18.SHoira Qulturayeva, 7.Uldona To‘xtayeva, 3.YUlduz Shodiyeva, 2.Muxlisa Mirzayorova, 29.Jesika Kruchinina, 1.Zarina Saidova.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 13:09, 19.03.2017.
O'qildi: 5794 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик