Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Hasanali Qodirov blogida: Futbol ichra ruhiyatmi yo ... ruhoniyat?

Hasanali Qodirov blogida: Futbol ichra ruhiyatmi yo ... ruhoniyat?

Baho:
+ | -

Sarlavhaga olib chiqqanim ushbu so‘zlarda ma’no bormi yo bu so‘z o‘yinimi? Bir o‘ylab ko‘ring. Rus tiliga qiyosan aytganda, ruhiyat tushunchasi psixologiya so‘ziga tegishlidir. Ruhoniyat so‘zi nimasi? Diniy so‘z-ku, deyishingiz mumkin. Kishining insoniy, ma’naviy-ma’rifiy, shuuriy yo xurofiy, ahloqiy yo qudsiy qiyofasini belgilaydigan bir tushuncha yo bir so‘z ifodasi tilimizda bormi? Bor. Ruslar buni ifodalash uchun DUXOVNOST degan so‘zni ishlatadilar. Men bu tushunchani birgina RUHONIYAT degan so‘z bilan ifodalab qo‘ya qoldim. Uni Ruhiyat, ya’ni ruschasiga aytilar Psixologiya degan so‘z bilan chalkashtirmang. Boshqa tarafdan bu so‘z diniy tushunchani bildiradi deb ham aytmang. Masalan taraqqiyot dunyoviy so‘z bo‘lib, taraqqiyotga eltuvchi tariqat diniy so‘z bo‘lib qolmaydiku. Til dindan ancha ilgari paydo bo‘lgan emasmi? Tilga dunyoviy yo diniy degan tamg‘ani bosmaylik. Ilmga bu tamg‘ani qo‘yganimiz yetib ortadi. Lingvistika faniga tegishli bunday tortishuvlarning futbolimizga nima daxli bor demoqchimisiz? Daxli bor.

IKKI XILLIK SIFATLARI
Chempionatimizning uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Paxtakor” uchinchi turda o‘z maydonida “Dinamo”ga 0:1 hisobi bilan yutqazib qo‘ydi. OCHLning guruh bosqichidagi uchinchi tur o‘yinlarini deb 3-turimizning qolgan o‘yinlarini 18-martda o‘tkazdik. OCHLning shu turida qatnashgan “Lokomotiv” va “Bunyodkor”larimiz bir xil, 0:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Lekin o‘yin ruhiyati ikki xil bo‘ldi. Ha, ha o‘yin ruhiyati degan so‘zni ishlatib chalkashmadim.

Futbolchi ruhiyati bor. Masalan, Komilovning ruhiyati boshqacha, Shomurodov ruhiyati undan-da boshqacha. Komilovni jangchi desak, Shomurodovni ijodkor deyishimiz mumkin bo‘ladi. Komilov himoyalanishda faol qatnashadi. To‘qnashuvdan qo‘rqmaydi. Kurashdan qochmaydi. Ilhom himoyalangan paytimizda to‘g‘ri pozisiya izlasa, Komilov to‘qnashuvda raqibni yengib, yanchib o‘tishni istaydi. U bor vujudi bilan o‘ynaydi. Ko‘ngli ochiq bola. Berilib hursand bo‘lsa, chuqur qayg‘uga botishini ham yashirmaydi. Qayg‘u uni yeb yuboradi. Ilhom ichki tuyg‘ularini yuzaga chiqara bermaydi. Man bu bolalarga tashqaridan turib, o‘yini bo‘yicha fe’l-atvoriga baho bermoqdaman. Bahodir Mirzayevga o‘xshab jamoada ishlamayman. Ularni hatto yaqin masofadan ko‘rmaganman. Ularni ko‘chada ko‘rsam, tanimay qolishim mumkin. Futbol maydoni insonning ichki dunyosini ochib qo‘ya qoladi. Inson ruhiyati bir olam gap. Gapirsak, tun yetmaydi. Kun yetmaydi.

Jamoa ruhiyati ham bor narsa. Kechagi o‘yinda ko‘rdik. “Dinamo”ning jamoaviy ruhiyati sog‘lom, o‘zaro ishonchga, hamjihat kurashga asoslangan edi. “Paxtakor”ning esa... bu jamoa ruhiyatiga keyin qaytib alohida ganiramiz. Shunga o‘xshab o‘yin ruhiyati ham bor gan. OCHL guruhi 3-tur o‘yinlariga qaytamiz. “Lokomotiv” kuchli raqibning bosimiga bardosh berib, qattiq qarshilik qilib, ilojsiz qolib o‘yin bo‘yicha yutqazdi. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi. “Lokomotiv”da bulturgi hamjihatlik, birfikrlik yo‘q. “Bunyodkor” nisbatan o‘zidan kuchsizroq bo‘lgan “Zob-Ohan” jamoa qarshiligini yengishiga mahorat darajasi yetarli bo‘lsa-da, o‘yinchilarni jamul-jam qila olmay, g‘alabaga ruhlantira olmay o‘ynadi. “Zob-Ohan” esa, bizning betayin, bemaza, bexatar hujumlarimizni xotirjam qarshi olib, to‘pni olib qo‘ya berdi. Biz biron marta zarbdor vaziyatga chiqa olmabmiz. “Zob-Ohan” jonini koyitmay, qattiq zo‘riqmay yutib ketdi. Ushbu jamoalarimiz ijrosida bir kunda ikki xil o‘yin ruhiyatini ko‘rdik. “Barsa” bilan “PSJ” orasida bo‘lib o‘tgan YECHL nimchorak finalining ikki o‘yinini eslang. 0:4 va 6:1 raqamlari bir nima demoqdami? Ikki o‘yin ikki xil ruhiyatga ega bo‘lmadimi?

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:01, 22.03.2017.
O'qildi: 8651 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.