Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Qo‘qon-1912» klubining ikki nafar futbolchisi yoshlar terma jamoasiga chaqirildi

«Qo‘qon-1912» klubining ikki nafar futbolchisi yoshlar terma jamoasiga chaqirildi

Baho:
+ | -

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ushbu yig‘inga «Qo‘qon-1912» asosiy tarkibining ikki vakili – Javohir Sidiqov va Andrey Sidorov taklif etilgan.

Yoshlar terma jamoasi bilan Qatarga jo‘nab ketgan qo‘qonliklar 25 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi doirasidagi «Surxon»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishadi. 28 mart kuni klubimiz ixtiyoriga kelib qo‘shilishi kutilayotgan ushbu o‘yinchilar 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan viloyati derbisi – “Neftchi”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini O‘zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati final bosqichi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o‘tkaziladi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:30, 23.03.2017.
O'qildi: 4578 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик