Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

“Navbahor” – “Xorazm” uchrashuvi oldidan

“Navbahor” – “Xorazm” uchrashuvi oldidan

Baho:
+ | -

Ertaga O‘zbekiston kubogining 1/16 finalida “Navbahor” Urganchning “Xorazm” klubini qabul qiladi.

Mamlakat kubogidagi raqibimiz “Xorazm” jamoasi 1994 yili O‘zbekiston chempionatining birinchi ligasida “Dinamo” nomi bilan ishtirok etishni boshlagan. Ikki mavsum davomida quyi ligada ishtirok etgan urganchliklar 1995 yil yakuniga ko‘ra oliy ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi. 1997 yildan esa jamoa "Xorazm" nomi ostida mamlakat chempionatining oliy va birinchi ligalarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Urganchliklar o‘tgan vaqt davomida bir necha bor "elita"ni tark etishga majbur bo‘lishgan. 2008 yil yakunlariga kqra yana kuchlilar safiga qaytgan "Xorazm" 2010 yilgi chempionat yakuniga ko‘ra oliy liga bilan xayrlashgan. Shundan beri jamoa birinchi liga musobaqalarida qatnashib kelmoqda.

Mamlakat kubogida ham 1994 yildan beri qatnashayotgan urganchliklar musobaqadagi ishtiroklarini asosan dastlabki bosqichlarda yakunlashga majbur bo‘lishgan. 2009 yili “Xorazm” chorak finalda to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Ammo, urganchliklar mazkur bosqichda Qarshining “Nasaf” klubidan 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, kubokdagi yurishlarini to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.

“Xorazm” “Navbahor” bilan O‘zbekiston kubogi doirasida bir marta kuch sinashgan. 2007 yilgi musobaqaning dastlabki bosqichida Urganchda mezbonlik qilgan “Xorazm” futbolchilarimizga 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2007 yilning 9 mart sanasida o‘tkazilgan uchrashuvdagi hisobni 26-daqiqada ayni paytda jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Sherzod Sharipov penaltini aniq amalga oshirish orqali ochgandi. Konstantin Boyev (42,45), Abduaziz Sultonov (72,90+1) ikkitadan gol urishgan bo‘lsa yana bitta golga Dilshod Jabborov (51) mualliflik qilgan. Sultonov va Jabborov hozirda ham “Navbahor” sharafini himoya qilishayotganliklari sababli o‘zaro o‘yinlardagi gollari sonini oshirib olish imkoniga egalar.

Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni toshkentlik Ahmadjon Ergashev boshqarib boradi. Ergashevga qanotlarda jizzaxlik Shavkat Fayziyev va Toshkent viloyatilik Sultonmurod Ulfatovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam sifatida buxorolik Elyor Tursunov qayd etilgan. Nazoratchi hakam vazifasi esa toshkentlik Oleg Rubakov zimmasiga yuklatilgan. Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” - “Xorazm” uchrashuvi soat 16.00da boshlanadi.

 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:06, 24.03.2017.
O'qildi: 6883 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.