Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Qahramon Aslanov maqolasi: “Biz hech qachon jahon chempionatiga chiqmaymiz”

Qahramon Aslanov maqolasi: “Biz hech qachon jahon chempionatiga chiqmaymiz”

Baho:
+-1 | -

Feysbukda terma jamoalar mrkazi xodimi Sherzod Igamberdiyevning jurnalistlar bilan munozarasini o‘qib chiqdim. Bir fikr e’tiborimni tortdi. Igamberdiyev bizning darajamiz Osiyodagi ko‘pgina davlatlardan pastroq ekani va ulardan yuqori o‘rinni egallashni kutish qiyin ekanini aytibdi.

– Nimaning hisobiga biz jahon chempionati yo‘lida Xitoy, Eron, Avstraliya, Qatar, Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistoni, BAA kabi terma jamoalarni ortda qoldira olamiz? Qaysi faktorlar hisobiga? – deb kuyunib savol beradi Igamberdiyev.

Albatta, masalan, men o‘sha davlatlar aholisidan ko‘proq maosh olishni, yaxshiroq yashashni o‘zimdan o‘zim talab qila olmayman. Lekin o‘rtoqlar, futbol haqida gaplashyapmiz-ku? Bu futbol!

Yaqinda Ser Aleks Fergyusonning avtobiografiyasini qayta o‘qib chiqqandim. Ilgari e’tibor bermaganim bir jihat diqqatimni tortdi.

Fergyuson o‘z murabbiylik faoliyatidagi ba’zi uchrashuvlar haqida hikoya qilar ekan, o‘z jamoasi ustunligini haddan tashqari bo‘rttirib yuborgan. Misol uchun, 2013 yil YECHL nimchorak finalidagi “Real”ga qarshi o‘yin haqida yozganda, “o‘sha o‘yinda agar vaziyatlardan foydalanganimizda, birinchi taymdan keyin 5:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lishimiz kerak edi” degan. Yoki “Old Trafford”da bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti” (1:6) ga qarshi o‘tgan mudhish uchrashuv tafsilotlarini aytib berar ekan, “aslida birinchi golni o‘tkazib yuborgunimizcha, biz katta ustunlikka ega bo‘layotgandik va bemalol to‘rtta gol urishimiz kerak edi” deb yozadi.

O‘sha o‘yinlarni tomosha qilgan inson sifatida aytishim mumkinki, “Yunayted”ning ustunligi bu qadar bo‘lmagan, albatta, raqiblar ham yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lganliklari esimda.

Fergyuson boshqa o‘yinni ko‘rganmi? Fergyuson o‘yinlarni boshqacha ko‘rganmi?

Agar bu gaplar o‘sha o‘yinlardan keyingi matbuot anjumanida aytilsa, tushunsa bo‘ladi, murabbiy bunday gaplar orqali shogirdlarini ruhini ko‘tarish, ularga ishonch baxsh etish uchun bunday so‘zlardan foydalanadi. Yoki hozir ham Fergyuson murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan bo‘lganida, boshqa gap, bunday gaplar orqali, u o‘z ustunligiga urg‘u berishi mumkin. Ammo murabbiy bunga muhtoj bo‘lmagan paytda bu gaplarni yozyapti, to‘g‘rimi?

Demak gap shundaki, Aleks Fergyuson o‘sha o‘yinlar paytida ham ichidan shunday fikrlagan. Jamoasi “Real” darvozasiga besh-oltita gol urib tashlashi mumkinligiga o‘zi ham ishongan. Balki Fergyusonning muvaffaqiyatlari siri ham shundadir. Murabbiy psixolog bo‘lishi kerak deymiz, ammo u o‘zi gapirayotgan gaplariga o‘zi ishonsa, shogirdlarini ham ishontirishi, xis qildirishini anchagina osonroq kechishi shubhasiz.

Futbolni tushunish, vaziyatga, raqibga baho berish, o‘yinni tahlil qilish darajasi Fergyusonda hammamizdan baland bo‘lgani shubhasiz, lekin bu uning ishonchiga, kurashuvchanligiga xalaqit bera olmagan.

Yaxshiyam shunday odamlar bor, agar dunyoda hamma bizning terma jamoalar markazimiz xodimi kabi fikrlasa, “Lester” hech qachon chempion bo‘lmaydi, “Atletiko” Chempionlar ligasi finalida, Islandiya Yevropa chempionati chorak finalida o‘ynamaydi, O‘zbekiston hech qachon jahon chempionatiga chiqmaydi.

 

Qahramon Aslanov

Manba: maydon.uz
Kiritildi: 16:12, 25.03.2017.
O'qildi: 21163 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.