Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

“NBU-Osiyo” – “Metallurg” uchrashuvini g‘uzorlik murabbiylar kuzatishdi

“NBU-Osiyo” – “Metallurg” uchrashuvini g‘uzorlik murabbiylar kuzatishdi

Baho:
+ | -
O‘zbekiston kubogining 1/16 finali doirasidan o‘rin egallagan “NBU-Osiyo” – “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv poytaxtlik muxlislar qatori G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi murabbiylari ham kuzatib borishdi.   Zero, mamlakat chempionatining 4-turida Bekobodda mehmon bo‘ladigan “Sho‘rtan” ustozlari Ixtiyor Karimov hamda Mikola Shevchenkolar mazkur o‘yinga shunchaki tomoshabin emas, keyingi raqib o‘yinini o‘rganish maqsadida kelganligi hech kimga sir emas.   Uchrashuvda bekobodliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa-da, g‘uzorlik murabbiylarni hayron qoldiradigan darajada o‘yin namoyish etishgani yo‘q. Faqatgina tajriba borasidagi ustunlik yakunda hisobning 3:0 bo‘lishini ta’minladi. Aslida poytaxt viloyati vakillari yaratilgan barcha vaziyatlardan unumli foydalanishganida hisob bundan-da yirikroq ko‘rinish olardi. O‘z navbatida mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yinini o‘tkazgan bankchilarda ham bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Katta ishtiyoq bilan to‘p surgan birinchi liga vakillariga ba’zi vaziyatlarda tajriba hamda omad yetishmagan bo‘lsa, aksariyat holatlarda Hikmat Hoshimov boshchiligidagi himoyachilar va darvozabon Suhrob Sultonovning mahorati gol kiritishlariga xalaqit berdi.     Uchrashuvdan keyin “Metallurg” ustozlari natijadan qoniqish hosil qilganliklarini, o‘yindan esa ko‘ngillari to‘lmaganliklarini yashirishmadi. Kubok uchrashuvidan keyin “Metallurg” futbolchilariga bir kunlik dam berildi. Ertadan jamoa “Sho‘rtan”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaydi.   “NBU-Osiyo» (Toshkent) – «METALLURG» (Bekobod) – 0:3 (0:1). Toshkent. “NBU” stadioni. 114 tomoshabin.
Hakamlar: 
I. Tantashev -8,7; H. Shodmonov – 9,0; A. Qo‘ldoshev – 9,0; J. Muxtorov – 9.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: Zohid Abdullayev (42, 53), Dilmurod Karimov (90).
"NBU-Osiyo": Sanjar Yo‘ldoshev, Mirshod Fayziyev, Humoyun A’zamov, Rashid Sharobiddinov, Shohrux Abdurahmonov, Sunnatulla Abdullajonov, Ramziddin To‘xtanazarov, Sobit Sindarov, Berumi Abdunabiyev, Orifjon Abdug‘afforov, Jahongir Ahmadov.
Zahira: Oripxo‘ja Abduxoliqov, Alisher Salimov, Ravshan Do‘smatov, Saidjon Sotiboldiyev, Davron To‘ronov, Avaz Ismatov, Soyibjon Safarov.
"Metallurg": Suhrobjon Sultonov, Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘’monov, Sanjar Qodirqulov, Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullayev, Mirg‘iyoz Sulaymonov, Kamronbey Kopadze, Jahongir Abdumo‘minov, Doniyor Ismoilov.
Zaxira: Zafar Safoyev, Dilmurod Karimov, Farhod Namozov, Murodjon Toshmatov, Alisher Ziyovuddinov, Islombek Isoqjonov, Timur Usmonov. Ogohlantirishlar: R.SHarobiddinov (45+1), O.Abduxoliqov (76) – M.Sulaymonov (29), D.Abdumo‘minov (45+1), K.Kopadze (47), D.Ismoilov (63), Z.Abdullayev (77), F.Namozov (90+2). 
Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 18:01, 26.03.2017.
O'qildi: 6140 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.