Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

“Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Bekoboddagi turnirda kumush medallarni qo‘lga kiritdi

“Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Bekoboddagi turnirda kumush medallarni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

23-28 mart kunlari Toshkentning viloyatining Bekobod shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan 2004-2005 yillarda tavallud topgan bolalar o‘rtasida Respublika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.

Unda “Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Turnirda jami 11ta jamoa qatnashganini aytish lozim. To‘lqin Kamolov bosh murabbiyiligidagi “Andijon” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari yarim finalda Bekobodning “Metallurg” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgan xolda, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finalda esa Toshkentning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahsda andijonliklar 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa tarbiyalanuvchilarimiz musobaqada kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Ta’ikdlash joizki, turnirda Arabboy Abdurahmonov “Eng yaxshi yarim himoyachi” nominasiyasida g‘olib chiqdi. Iqtidorli hujumchi Abdumalik Do‘stmatov esa “Eng yaxshi to‘purar” bo‘ldi.
Bugun Bo‘ston dahasida joylashgan “Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi”ning majlislar zalida musobaqa qatnashchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda “Andijon” FK vise-prezidenti Jahongir Madixonov ham qatnashdi. Shuningdek yosh futbolchilarning ota-onalari ham tadbirda ishtirok etib, farzandlarining yutuqlaridan behad quvondi.

Tadbirni “Viloyat bolalar va o‘smirlar futbol maktabi” direktori Bekzodbek Karimov ochib berar ekan, jumladan shunday dedi: Assalomu alaykum xurmatli ota-onalar, maktabimiz tarbiyalanuvchilari. Sizlarni Bekoboddagi turnirda kumush medallarini qo‘lga kiritganinglar bilan tabriklayman. O‘ylaymanki bu bilan cheklanib qolmaymiz va qaysi turnirda ishtirok etmaylik faqat sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boramiz. Fursatdan foydalanib viloyatimizning bosh jamoasi bo‘lmish “Andijon” futbol klubi rahbariyatiga minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Maqsadimiz ushbu jamoaga munosib o‘yinchilarni yetkazib berish. Klub tomonidan maktabimizga bo‘layotgan e’tibor yuqori darajada. Rahbariyatning bizdan umidi katta. Nasib qilsa biz ham bunga javoban astoydil ishlab, “Andijon” jamoamizga iqtidorlarni yetkazib beramiz.

Shundan so‘ng so‘z navbati “Andijon” klubi vise-prezidenti Jahongir Shavkatovichga berildi: Xurmatli tadbir qatnashchilari va ota-onalar. Rostini aytsam, siz bolajonlarning Bekobodda o‘tkazilgan turnirda kumush medallarni qo‘lga kiritganinglarni eshitib barchamiz birdek quvondiq. Har bir o‘yininglarni telefon orqali bo‘lsa ham bilib turdik. Jamoada bu yildan ish boshladim. Asosiy maqsadimiz mahalliy o‘yinchilarga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish. Mana bu yil “Andijon” jamoamizga 80-90 foiz andijonlik bo‘lgan yigitlarni yig‘dik. Ularga yana boshqa viloyatlik bo‘lgan qarashlarimizga mos tushgan o‘yinchilarni qo‘shib, kurashchan jamoa tuzishga xarakat qildik. Rejamizga ko‘ra ushbu jarayon kelgusida ham davom etadi. Eng avvalo mahalliy yoshlarga ishonch bildirishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib olganmiz. Siz yosh futbolchilarga esa maslahatim o‘z ustinglarda astoydil yanada ko‘proq ishlanglar. Bolalar futbolida natija birinchi o‘ringa chiqmasligi kerak. Ishonamanki bundan keyin ham futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari yaxshi yutuqlarga erishadi. Bu borada murabbiylarga ham omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolaman.

Tadbir yakunida ota-onalar o‘z farzandlari bilan estalik uchun suratga tushishdi. Murabbiy To‘lqin Kamolov esa shu asnoda bizga turnir tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi: Bekoboddagi turnirda faxrli ikkinchi o‘rinni olib qaytdik. Avvalambor ushbu musobaqaga borib, ishtirok etishimizni ta’minlab bergan rahbariyatga minnatdorchilik bildirib qolaman. O‘tkan yili ham ushbu turnir Bekobodda tashkil etilgandi. Joriy yilgi musobaqada shogirdlarim o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi. Bu yil 11ta jamoa qatnashdi. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ham oson bo‘lgani yo‘q. Mexnat va ishtiyoq evaziga 2-o‘rinni oldik degan bo‘lardim. Musobaqada tashkilotchilik ham zo‘r bo‘ldi. Ularga ham jamoamiz nomidan rahmat aytib qaytdik. Eng asosiysi bolalarda xursandchilikni ko‘rasiz. Ularni kelajakda “Andijon” jamoasiga munosib o‘yinchi sifatida tayyorlab berishga xarakat qilamiz.

FOOTBALL CLUB ANDIJAN, [30.03.17 12:12]
Turnirda ishtirok etganlar futbolchilar:
1. Arabboy Abduruhmonov
2. Izzatillo Akbarjonov
3. Oyatillo Abdumutalipov
4. Fayzullo Boltaboyev
5. Abdumalik Do‘stmatov
6. Abdulhamid Do‘stmatov
7. Oyatullo Isomiddinov
8. Ulug‘bek Turg‘unov
9. Ro‘zimuhammad Nuritdinov
10. Xojiakbar Mahmudov
11. Muhammadro‘zi Maqsudov
12. Asadbek Xoliqov
13. Kamron Mamarasulov
14. Abdulaziz Inaqov
15. Muhammadaziz To‘lqinboyev
16. Xusanboy Habibullayev.
Murabbiy: To‘lqin Kamolov.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 13:00, 30.03.2017.
O'qildi: 7523 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.